Matbuot sharhlari 14.04.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1398008
Matbuot sharhlari 14.04.2020

Sabah gazetasi: Kochaga chiqishni man etishlik haqidagi qaror bu hafta ham davom etadi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kabina yig‘ilishi ortidan bergan bayonotida, “Dam olish kuni ko‘chaga chiqmaslik haqidagi qarorni bu hafta ham davom ettirish haqida qaror qabul qildik. 17 - eprel kuni kechasi soat 24:00 dan 19 - aprel kuni kechasi soat 24:00 gacha ko‘chaga chiqish man etiladi. Yurttoshlarimizga hozirdan ma’lum qilishni xohlayman” dedi.

Star gazetasi: Sakariyada mahalliy va milliy koronavirus namunasi olish tizimi ishlab chiqildi. Sakariya universiteti bilan sakariyalik firmalardan biri Italiya, Xitoy va Amerikada ishlab chiqarilgan va yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasini test qilishda ishonchli natija olishni ta’minlagan yangi tizim ishlab chiqardi.  

Habertürk gazetasi: Turkiya Gretsiyaga qattiq norozichilik bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Gretsiyaning Muhojirlardan mas’ul vaziri Notis Mitarakisning “18-mart memorandumi yo‘lga qo‘yilmadi” degan iddiolariga qarshi, “Mitarikisning yurtimizning Covid - 19 epidemiyasini bahona qilib, 18-mart memorandumini yo‘lga qo‘ymadi degan gaplari, Gretsiya tomonidan muhojirlarga nisbatan qo‘l urilgan jinoyatlarni bosti - bosti qilish harakati natijasida aytgan gaplaridir” dedi.  

Hürriyet gazetasi: YI, Turk avtomobili dizaynini royhatdan otkazdi. Yevropa ittifoqi, Turk avtomobillari firmasining ichki va tashqi dizaynini ro‘yhatdan o‘tkazdi. Bu orqali 5 yilgacha TOGG avtomobillarining dizaynlari nusxasi uchinchi firma tomonidan butunlay yoki qisman ko‘chirib olinmaydi.

Yenişafak gazetasi: Chet elliklarga uy - joy sotishda qulaylik yaratadigan tashkilot. Chet elda ko‘chmas mulkni reklama qilish uyushmasi raisi Faruk Akbal, G‘aznachilik va moliya vazirligi tomonidan chet el filiallarining tashkil etilishi, chet elliklarga uy - joy sotish uchun muhim qo‘llab - quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiliishini belgilab o‘tgan holda bu vaziyatning, “Kelajakda chet elliklarning Turkiyaga investitsiya kiritishiga qo‘shimcha ishonch beradi” dedi.

  

 



Aloqador xabarlar