Matbuot sharhlari 03.12.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1316986
Matbuot sharhlari 03.12.2019

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo'g’an bilan Vladimir Putin 8-yanvar kuni Istanbulda uchrashadi. Kreml saroyi tomonidan berilgan bayonotda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning 8-yanvar kuni Istanbulda uchrashuv o’tkazishi ifoda etildi. Rossiya Prezidentining Matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Putin bilan Erdo’g’anning 2020-yilning yanvar oyida rus tabiiy gazini Qora dengiz va Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berishni ko’zda tutgan Turk oqimi tabiiy gaz quvir liniyasini xizmatga tushirishni rejalashtirganliklarini ma’lum qilgandi. Putinning tashrifi chog’ida mazkur yirik loyihaning ochilish marosimining o’tkazilishi kutilmoqda.

Vatan gazetasi: Turkiyani O’rta yer dengizida Liviya bilan qo’shni qilgan shartnoma. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Liviya Milliy kelishuv hukumati bosh vaziri Fayoz Sarroj, hokimiyat chegarasini cheklash haqidagi o'zaro anglashuv memorandumiga 27-noyabr kuni qo’l qo’ydi. Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi o’zaro siyosiy munosabatlar va dengizchilik-aviatsiya-hudud yetakchiligi vakili Chagatoy Erjiyes, Turkiya va Liviyani dengiz orqali qo’shni qilgan kelishuvdan keyingi chegarani ko’rsatgan xaritani ijtimoiy media orqali bo’lishdi. Erjiyesning bu haqidagi posti, Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb sayti Twitter orqali bo’lishildi.

Haber Türk gazetasi: Milliy Mudofaa vazirligi Turkiyaning NATOdagi vazifasini bajarishini qayd etdi. Milliy Mudofaa vaziri Matbuot va Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi vakili polkovnik O’ljay Denizer Milliy Mudofaa vazirligida uyushtirgan matbuot anjumanida Turkiyaning 1952-yilning 18-fevralida a’zo bo’lgan NATOning xalqaro xavfsizlik va barqarorlik tarmog’iga muhim hissa qo’shganligini qayd etdi. Denizer, “NATO, yurtimizning xavfsizligining ta’minlanishida alohida o’ringa ega. Biz ham o’z vazifamizni har doim bajardik, bajarishni ham davom etamiz” dedi.

Hürriyet gazetasi: Berat Albayrak, “Turkiyaning o’sish sur’ati ortishni davom ettirmoqda”. Joriy yilning uchinchi choragida Turkiya iqtisodiyoti 0.9 foizga o'sdi. G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Twitter orqali bergan bayonoti orqali yilning to’rtinchi cho’ragida Turk iqtisodiyotida o’sish kuzatilganligini ma’lum qildi. Albayrak, “Maqsad qilib qo’yilgan 0.5 foizlik o’sish uchun sanoatning qo'shimcha qiymatini orttirishga, ayniqsa investitsiyalar nuqtai nazaridan tiklanishni tezlashtirishga, ishlab chiqarish va bandlikni oshirishga e’tibor beramiz” dedi.   

Star gazetasi: Butun dunyoga mashhur iqtisodiyotchi Nouriel Roubini, “Turkiyada iqtisodiy o’sish sur’ati ijobiy tusda kuzatiladi”. Mashhur iqtisodiyotchi Nouriel Roubini, Turkiya iqtisodiyotining o’tgan yilning ikkinchi yarmida valyuta inqirozi va moliyaviy bosimlar natijasida yuz bergan pasayish davrining tugaganligini belgilab o’tgan holda,Eksportning raqobatbardoshligi oshib borar ekan, joriy hisob-kitob tanqisligi kamaydi. Turkiyaning iqtisodiy o'sishi ijobiy bo'ladi va kelgusi yil o'sish qariyb 3 foizni ko’rsatadi” dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar