Matbuot sharhlari 02.08.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1024449
Matbuot sharhlari 02.08.2018

Star gazetasi: Tashqi ishlar vazirligi: “AQShning tajovuzkor xatti-harakatiga loyiq javob beriladi”. Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiya vazirlariga sanksiya joriy etishiga Turkiya Tashqi ishlar vazirligi javob berdi. Vazirlikdan shu haqida berilgan bayonotda, “Sanksiya joriy etish haqidagi qarorni keskin qoralaymiz. Hech qanday maqsadga xizmat qilolmaydigan bu tajovuzkor xatti-harakatga tezlik bilan javob beriladi. AQSh boshqaruvini mazkur noto’g’ri qarordan voz kechishga chaqiramiz” deyildi.

Sabah gazetasi: Erdo’g’an o’lim jazosi masalasiga to’xtaldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Hakkari viloyatining Yuksekova tumanida, PKK terror tashkiloti tomonidan yo’lga oldindan joylashtirib qoyilgan portlaguvchi moddaning uzoqdan portlatilishi oqibatida shahid bo’lgan askarning turmush o’rtog’i va uning farzandining janoza marosimida so’zlagan nutqida, “O’lim jazosining men uchun qanchalik nozik masala ekanligini yaxshi bilasiz. Lekin bir mavzu parlament tomonidan qabul qilingudek bo’lsa, tasdiqlashlikdan bosh tortmayman” deya gapirdi.

Yeni Shafak gazetasi: Roppa-rosa 35 ming Suriya fuqarosi jon saqlagan 5 ta boshpana markazi yopilyapdi. Prezident Erdo'g’an tomonidan saylovoldi kompaniyalarda qayt etilganidek Turkiyadagi suriyalik mehmonlar o’z tuproqlaridagi xavfsiz hududlarga qaytyapdi. Buning uchun kerakli birinchi faoliyatlar amalga osha boshladi. Shu doirada mamlakatning Gaziantep, Adiyaman va Mardin viloyatlarida suriyaliklar jon saqlagan va vaqtinchalik xizmat bergan 5 ta boshpana markazi yopilib, lagerdagi 34 ming 180 muhojir chegaradagi yangi lagerlarga joylashtiriladi.

Hurriyet gazetasi: Egey dengizidagi kritik vazifa. Suvostida ishlaydigan qo’mondonlik uchun Turk injenerlari tomonidan yasalgan, dunyoning eng tezkor va radarga tushmaydigan, “Yonja-O'nuk” deb atalgan maxsus puflangan qayig’i Bodrumga keldi. Mazkur qayiq yoz mavsumi davomida Bodrum va uning mahallalari hisoblangan Yalikavak, Gumushluk, Turgutreis, Akyarlar, Bitez qirg’og’idan uzoq nuqtadagi dengiz bilan Kardak qoyalari orasidagi mintaqada, noqonuniy ravishda muhojirlarni olib kirish va Gretsiyaga qarashli sohil xavfsizlik xizmati qayiqlarining Turk suvlariga ruxsatsiz kirisihining oldini olish ishlarida foydalaniladi.  

Vatan gazetasi: Kapadokiyada yevroplik sayyohlar soninig ortganligi kuzatildi. Kapadokiyada tasvirga tushirilgan serial va kinofilmlar, mintaqadagi yevropalik sahhoylar sonining ortishiga ijobiy hissa qo’shmoqda. Vulqon tufayli paydo bo’lgan noodatiy ko’rinishlar va g’or shaharchalari bilan mashhur bo’lgan Kapadokiyada oxirgi vaqtlarda yevropalik sayyohlar sonida jiddiy ortish kuzatilmoqda. Yevropada tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan va yevropaliklarda katta qiziqish uyg’otgan “Todeo Jones 2: Kral Midasning Siri” deb nomlangan filmning ham katta hissasi bor desak mubolag’a bo’lmaydi.   

 



Aloqador xabarlar