Matbuot Sharhlari 13.06.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

991613
Matbuot Sharhlari 13.06.2018

Hurriyet gazetasi: “TANAP” xizmatga tayyor.  Turkiya va Ozarbayjon tomonidan qurilish ishlari 3 yildan beri davom etgan va Ozarbayjon tabiiy gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib beradigan Trans Anado’lu Tabiiy gaz quvir liniyasi ochildi. TANAPning ochilish marosimida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko ham ishtirok etdi. Ochilish marosimida nutq so’zlagan Erdog’an, “Bugun mintaqamiz va mamlakatlarimiz uchun tarixiy qadam tashlayapmiz” dedi.

Haber Turk gazetasi: Binali Yildirim, “Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish niyati davom etmoqda” dedi. Bosh vazir Binali Yildirim Turkiyaning Izmir shahrida Bolgariya Bosh vazir Boyko Borisov bilan uchrashuv o’tkazdi. Mazkur uchrashuvda Binali Yildirim, Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lish niyatining davom etganligini lekin Yevropa ittifoqining kelajagini belgilab olishi va bu haqidagi tartibsizligini tez kunlarda hal qilishi kerakligini qayd etdi.

Vatan gazetasi: Shimshek: “Hammasini AQShdan oldik” dedi. Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek Amerika Qo’shma Shtatlaridagi Turkiyaga oid oltin zaxiralarining hammasining olinganligini ma’lum qildi. Shimshek, “Amerikadagi oltin zaxiralarimizning hammasini oldik. U yerda hech narsa qoldirganimiz yo’q” dedi.

Satar gazetasi: Mediterranean Shipping Company (MSC), Turkiyaga safar uyushtirish haqida qaror qabul qildi. Mediterranean Shipping Company rahbari Diego Aponte, “Dunyoda kamdan-kam mamlakatga uchray olgan kattakon yuk kemasi kompaniyasi bundan buyon Turkiyaga ham safar uyushtiradi” dedi.

Sabah gazetasi: Turk o’yinlari dunyoni o’ziga rom etdi. Dunyoni o’ziga rom etgan Turk seriallarida mahalliy Turk o’yinlari ham o’rin ola boshladi. Turk muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan bir necah o’yin jahon ligasida alohida o’ringa ega bo’ldi. Shulardan biri hisoblangan Zula o’yini bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq davlatida o’ynalmoqda.

 



Aloqador xabarlar