Matbuot Sharhlari 02.05.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

962282
Matbuot Sharhlari 02.05.2018

Hurriyet gazetasi: Prezident Erdog’an tarixiy uchrtashuvga e’tibor qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaga borar ekan poytaxt Seuldagi Prezidentlik saroyida Janubiy Koreya Prezidenti Moon Jae-in bilan roppa-rosa 1 soat davom etgan o’zaro uchrashuv o’tkazdi. Prezident Erdog’an mazkur uchrashuvda Shimoliy Koreya lideri Kim Jong-un bilan Janubiy Koreya Davlat rahbari Moon uchrashuviga e’tibor qaratib bu haqida, “Butun dunyoni qamrab olgan qorquv va tashvishlarni yo’q qilgan uchrashuv bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Umid qilamizki qarorlilik bundan keyin ham davom etadi” dedi.

Haber Turk gazetasi: Chavusho’g’li Lavrov bilan Suriya masalasini qo’lga oldi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qildi. Chavusho’g’li bilan Lavrov mazkur muloqatda Suriya va Humus mintaqasidagi oxirgi vaziyatni qo’lga oldi.

Star gazetasi: Albaniya Bosh vaziri Rama FETO va PYD terror tashkilotlarini xavfli tarmoq ekanliklarini qayd etdi. Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Fetullahchi terror tashkiloti Parallel Davlat tuzilmasining xavfli tarmoq ekanligini qatd etdi. Rama, Albaniyaning “Ora News” telekanalida, “Turkiyada saylov yo’li orqali, qonuniy tarzda tuzilgan hukumatni qurol yo’li orqali tontarishga tashabbus qilgan xavfli tarmoq borligini aytishim mumkin. Albaniyada ushbu tarmoqqa qarashli ekanliklari tahmin qilingan kishilar, albatta nazoratimiz ostida” dedi.   

Vatan gazetasi: Turk oqimi Turkiya chegarasiga yetib keldi. Turk oqimi loyihasining Turkiya hududidan o’tuvchi gaz quvirining terang dengiz qurilishi tamomlanib, Turkiyaning Qora dengiz qirg’og’iga yetib keldi. Quriqlikdagi faoliyatlarning natijalanishi bilan birgalikda birinchi quvir butunlay tamomlangan bo’ladi va birinchi gaz 2019-yilning dekabr oyida berila boshlaydi.  

Sabah gazetasi: Milliy kurashchi Riza Kayaalp Yevropa chempioni bo’ldi. Grek-rim kurashi bo’yicha 130 kg vazn toifasi kategoriyasida kuch sinashgan Riza Kayaalp finalda rossiyalik Vitaliy Shchurni 2-1 hisobiga mag’lub qilib, oltin medalni qo’lga kiritdi. Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dog’iston Respublikasining Kaspiysk shahrida grek-rim kurashi bo’yicha uyushtirilgan Yevropa chempionatida 130 kg vazn toifasi kategoriyasida kuch sinashgan Riza Kayaalp, oltin medalni qo’lga kiritdi. Milliy kurashchi Yevropa chempionatida ketma-ket 9-marotaba final musobaqasiga chiqdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar