Matbuot Sharhlari 26.02.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

439831
Matbuot Sharhlari 26.02.2016

Yeni Shafak gazetasi: Terrorga qarshi kurashda yangi davr boshladi.Terrorga qarshi kurash yangi strategiya orqali davom etadi. Ushbu strategiyaga ko'ra Milliy mudofaa vaziri, Bosh shtab boshqarmasi, jandarm va politsiya xodimlaridan tashqari bundan buyon piyoda askarlar bilan desantlarga ham shahar xavfsizligini ta'minlashda vazifa berilmoqchi. Buning uchun kerakli rasmiy jarayon davom etmoqda. Bundan maqsad Turkiyaning janubi-sharq mintaqasida o'rin olgan chegara shahri Kobaniga qaratilgan “shahar jangi"ga o'xshash jang rejalarining, Suriya chegarasidagi terror tashkiloti PYD nazoratidan va Shimoliy Iroqdan sizib kirganlarga, u tomonlardan boshqariladigan tahdit va ig'volarning oldini olishdir.

Xaberturk gazetasi: Milliy xavfsizlik sohasida kvantli kriptografiya texnologiyasi davri boshlamoqchi. TUBITAK rahbari professor doktor Arif Ergin, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Milliy mudofaa kengashiga ma'lumot berar ekan, yaqin kunlarda milliy xavfsizlik sohasida “kvantli kriptologiya" texnologiyasiga o'tilajagini aytdi. Bu doirada davlatning strategik birligi o'rtasida barpo etiladigan kvantli kriptografiya aloqa liniyalari orqali ma'lumotlarning og'irlanishining oldi olinadi. Ma'lumotlar uchinchi shaxsning qo'liga tushmaydi. Bu yo'l orqali davlat arboblarining telefon orqali o'tkazgan munozalarini tinglash ham imkonsiz holga aylanadi.

Sabah gazetasi: Prezidentlik qoshida 5 ta kengash tashkil topadi. Prezidentlik qoshida tashkil topadigan kengashlar orqali Prezidentlikning yana da faol bolishini ta'minlashdir. Bu yo'l orqali har bir sinfning yurt muammolari haqidagi fikri olinib, yurt boshqaruvchilariga yetkazilishi ham ta'minlanadi. Ilk qadam Iqtisodiy va tashqi savdo kengashi bilan tashlanadi. 50 nafarlik a'zolardan iborat bo'ladigan kengashda, yirik firma rahbarlari ham o'rin oladi.

Star gazetasi: Jahon banki, “Turkiya biz kutgandan yana da tez rivojlandi". Jahon bankining Turkiya masalalari bo'yicha direktori Johannes Zuttning aytishicha Turkiya, 2015-yili, kutilganidan yana da tez rivojlangan. Zutt, “O'tgan yili o'tkazilgan saylovlar va geosiyosiy yangiliklar Turkiyaning rivojlanishi uchun o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin edi lekin ko'rib turganimizdek Turkiyada kuchli tashkilot mavjud" dedi.

Xurriyet gazetasi: Fenerbaxche Moskvani mag'lub qildi. Fenerbaxche, UEFA Yevropa ligasi musobaqasining oxirgi 32-tur javob uchrashuvini Rossiyaning Lokomotiv Moskva jamoasi bilan 1-1 durang natija bilan tamomladi. Istanbuldagi ilk musobaqada o'z raqibini 2-0 hisobida mag'lub qilgan Fenerbaxche jamoasi, bu natija orqali UEFA Yevropa ligasida keyingi turga ko'tarildi. UEFA Yevropa ligasida Lokomotiv Moskvani mag'lubiyatga uchratgan Fenerbaxchening yangi raqibi bugun soat 14:00 da qur'a chekilishi natijasida ma'lum bo'ladi.



Aloqador xabarlar