Matbuot Sharhlari 05.06.2014

Turk olami rahbarlari Turkiyada...

83799
Matbuot Sharhlari 05.06.2014

Star Gazetasiz, “ 4- Turk Kengashi Bodrumda bo’lib o’tdi.” sarlavhali xabarda, Turkiya mezbonlik qilgan sammitda, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Oozoqiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashganini yozmoqda. Prezident Abdulloh Gul, rahbarlar bilan o’zaro uchrashganini qayd etgan gazeta, Gul 4 rahbar sharafiga oqshom ziyofati berganini bildirdi.
Aqshom Gazetasi “ Madaniyat mirosi Turkiyadan so’raladi” sarlavhali xabarda, Turkiya, UNESCO aniq bo’lmagan madaniy miros Hukumatlar ora komitetiga saylanganini bildirdi. Gazeta, Turk tilida kaplashgan O’lkalar Hamkorlik Kengashi- Sammitida so’zga chiqqan Tashqi İshlar Vaziri Ahmet Davuto’g’lu izoh etganini qayd etmoqda.
Vatan Gazetasi, “ Mato ko’rgazmasi Premiera Vision İstanbulga kelmoqda” sarlavhali xabarda, Parijda 1973 yilidan buyon uyushtirilib kelgan va dunyoning eng muhim mato ko’rgazmalaridan biri bo’lgan Premiere Vision endi İstanbulda yilda ikki marotaba uyushtiriladi deb bildirmoqda. Gazeta, Premiere Vision İstanbul, ilk marotaba 29-31 Oktiyabr kunlarida CNR ko’rgazmasida amalga oshirilishini qayd etmoqda.
Sabab gazetasi “ Vosita ijara markazi Turkiyada” sarlavhali xabarda,dunyoning eng katta ijaraga olish shirkati Enterprise, Turkiyaga joylashganini qayd etmoqda.
Gazeta, 1.4 million vosita bilan yirik bir flotga ega Enterprise, Turkiyaga xos bir firma bilan faoliyat olib borishini bildirdi. Gazeta, 16 milliard dollar hajmga ega Enterprise Yevropa Franschiselardan ma’sul rahbar o’rinbosari Mike Edvards, “ EME ( Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika) mintaqasida o’sish qarori oldik va subois Turkiyaga keldik “deb aytganini yozmoqda.
Sabah Gazetasi, “ Atrof - muhit Kuni” sarlavhali xabarda, 5- İyun Jahon Atrof Muhit Kuni munosabati bilan ko’plab o’lkada bo’lganidek, Turkiyada ham Atrof-muhit va Tabiyatga sezgirlikga diqqat qaratish uchun muhim faoliyatlarga imzo qo’yganini bildirmoqda.
Gazeta, atrof- muhit muammosi endi farqli ijtimoiy va siyosiy xusisyatlarga ega o’lkalar mushtarak yechim yo’li topishi muhim mavzularning boshida kelmoqda. Gazeta, Atrof -muhit va Shaharchilik Vaziri İdiris Gulluje, Turkiyada ayniqsa 2002- yilidan buyon markaziy hukumat va mahalliy boshqaruvlar qo’li bilan respublika tarixinig eng katta atrof- muhit qadami tashlanganini bildirdi.
Xabarda, Turkiyada oxirgi 12 yilda 3 million 691 ming gektarlik o’rmonlar rivojlantirib va kengaytirilishiga qarata olib borilgan faoliyatlar natijasida 2 milliard 711 million nihol ekilganiga diqqat qaratmoqda. 1

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar