Matbuot sharhlari 04.06.2014

82547
Matbuot sharhlari 04.06.2014


Hurriyat gazetasi, “Qardoshlar uchrashuvi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti Abdullah Gul Turkiyaga tashrif buyurgan Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov va Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayevni Chankaya ko’shkida kutib olganligini yozdi.
Gazetaning yozishicha, Abdullah Gul bilan Atambayev o’zaro uchrashuvlardan so’ng Ko’shkda Bosh vazir o’rinbosari Ali Babajan va Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu bilan birga tushki ziyofatga qatnashdi.
So’ngra Abdullah Gul Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirganligi va uchrashuvdan keyin Ko’shkda Berdimuhammedov sharafiga kechki ziyofat berganligi ma’lum qilindi.
Ziyofat chog’ida Berdimuhammedov Abdullah Gulga Xalqaro Mahtumkulu nishonini taqdim etdi.
Aksham gazetasi, “Ankarada diplomatik tashabbus” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya deyarli har kuni xalqaro ziyoratlarga mezbonlik qilganini yozdi.
Kecha Ankara bu mavzuda rekord qo’yganligini yozgan gazeta, 7 davlat va ko’plab xalqaro tashkilotlardan oliy darajali vakillar Turkiyaga tashrif buyurdi.
Yeni shafak gazetasi, “Mazharabozlik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, BMT va g’arb davlatlar Suriya rejimi tomonidan o’tkazilayotgan saylovlarning mazharabozlik ekanligini tilga olganligi va bu saylov mamlakatda 3 yildan beri hukm surgan notinchlikni bartaraf eta olmasligini ma’lum qilganligini yozdi.
NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen, “mazharabozlik” deb baholangan saylovlar hech bir xalqaro standartlarga to’g’ri kelmasligini bildirib, “Saylovlar mustaqil, haqqoniy va erkin yuritilmayotir. İttifoqdosh davlatlarning hech biri saylov natijalarini tan olmasligidan aminman”-dedi.
Sabah gazetasi, “102 davlatdan 7 ming tadbirkor kelmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Mustaqil sano’atchilar va tadbirkorlar jamiyati MUSİAD tomonidan 2 yilda bir marta o’tkazilgan Xalqaro tijorat va ish forumiga bu yil 102 davlatdan jami 7 ming tadbirkor qatnashishini yozdi.
MUSİAD direktori Nail Olpak joriy yilning 26-30 noyabr kunlari JNR Ko’rgazmalar zalida o’tkaziladigan ko’rgazma ayni paytda, “Kurraviy finans sistemasiga bo’lgan ko’z qarash va yangi yo’nalishlar” mavzuidagi 18-Xalqaro tadbirkorlar forumiga ham mezbonlik qilishini ma’lum qildi.
Milliyat gazetasi, “THY Montrealga uchmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Havo Yo’llari Shimoliy Amerikaning Montreal shahriga safar qilishini yozdi.
THY Montrealga haftada 3 kun seshanba, juma va yakshanba kunlari o’zaro yo’lovchi safarlarini yo’lga qo’ydi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar