Matbuot Sharhlari 03.06.2014

Falastinda tarixiy kelishuv tuzildi.

81316
Matbuot Sharhlari 03.06.2014

Star Gazetasi, “Falastinda tarixiy kelishuv” deb yozgan xabarda, Hamas bilan el Fetih tashklotlarining kelishuvi natijasida milliy birlik hukumatining rasmiy ravishda tashkil topganini yozmoqda. Gazeta, milliy birlik hukumati vazirlarining Ramallahda Davlat Rahbari Mahmud Abbasning huzurida qasamyod qilganini chop etmoqda. Gazeta, G’azodagi sobiq Falastin hukumatining Bosh Vaziri İsmail Haniyening esa birinchi ishining, G’azoni qayta tiklash va qurshovni bekor qilsh uchun faliyatga o’tish bo’lganini, G’azoni qo’llab-qyvvatlagani uchun Turkiya,Qatar va Misr ham oralarida bo’lgan o’lkalarga minnatdorlik bildirganini yozmoqda.

Yeni Shafak Gazetasi, “Moldova bilan Belorusiyaga erkin sayohat davri boshladi” deb yozgan xabarda, Turkiya tuzgan qator kelishuvlar natijasida erkin sayohat qilingan o’lkalar soni kun sayin ortib borgnaini yozmoqda. Gazeta, Tashqi İshlar Vazirligining, tuzgan kelishuvlar bilan Belorusiya va Moldova bilan erkin sayohat davri boshlatganini ma’lum qilgani haqida xabar qilmoqda. Xabarda, Tashqi İshlar Vazirligidan berilgan bayonotda, bahs mavzusi kelishuvning o’lkalararo hamkorlikning muhim namunasi bo’lganiga diqqat qaratganini chop etmoqda.

Aksham Gazetasi, ASKON ning (Onadolu Arslonlari Hamkorlik Tashkiloti) taklifiga binoan Turkiyaga tashrif etgan Stratforning asoschisi George Friedmannig “Kelajak 100 yil” nomli kitobida Turkiyaning mintaqaviy bir kuchga aylanishidan bahs etgani va Turkiyaning mavjud vaziyatining o’zini haqli chiqarishini izohlaganini bildirmoqda. Gazeta, Friedmaning, Turkiyaning rivojlanish bilan bir qatorda ichkarida va tashqarida salohiyatini va mintaqada harbiy kuchini orttishining katta ahamyatga ega bo’lganiga diqqat qaratganini bildirmoqda. Xabarda, Turkiyaning hozirgi kunda Yevropadagi egn faol iqtisodiyot bo’lganini ifoda etgan Friedmaning, “Muvozanatli iqtisodiyotga ega” deb yozganini bildirmoqda.

Xabar Turk Gazetasi, “Ertaga Bodrumda bo’ladigan Turkiy Zabon O’lkalar yig’ilishiga qatnashgan o’lkalardan yuqori darajali vakillarning, sper lux 2 kema bilan sayhat qilganini bildirmoqda. Gazeta, ayrim diplomatlarning dam olish uchun Bodrum va Go’kovada kemada bo’lishlarini chop etmoqda.

Yeni Shafak Gazetasi, Diniy İshlar Boshqarmasining, 2013 yili 779 kishining islom diniga o’tganini bildirganini yozmoqda. Gazeta, olingan ma’lumotlarga ko’ra eng ko’p ayllarning Musulmon bo’lganini ifoda etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar