Matbuot sharhlari 01.06.2014

79041
Matbuot sharhlari 01.06.2014


Star gazetasi, “10 avgustda yangi davr boshlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vaziri R.T.Erdog’an 10 avgustdagi prezidentlik saylovlari Turkiya demokratiyasi uchun yangi davr olib kelishini va “Kim saylanishidan qat’iy nazar, Turkiya 2023 yilgi maqsadlarga tomon ildamlaydi” deya ta’kidlaganligini yozdi.

Erdog’an “Millatga xizmat yo’lida” nomli ma’ruzasida 10 avgust kuni bo’lib o’tadigan saylovlar oldidan ba’zilari takror noo’rin tashabbuslarga qo’l urishi mumkinligini eslatib, “Sizlar bu tashviqotlarga bo’yin egmasdan, mustaqil irodangiz bilan saylovda ovoz berasiz va Turkiya Respublikasining Prezidentini saylaysiz”-dedi.
Yeni shafak gazetasi, “Moviy Marmara uchun inson seli” sarlavhasi bilan bergan xabarda, G’azoga insonparvarlik yordam mahsulotlarini olib ketayotgan paytda İsroil harbiylarining hujumiga uchragan va voqea joyida halok bo’lgan 10 yordamsevar turk yodga olinganligini yozdi.
Moviy Marmara qatliomining 4 yilligida 10 shahid uchun minglab haloyiq İstanbuldagi Sultonahmet jomeyi oldida to’plandi.
Haloyiq Moviy Marmara shahidlari uchun bir ovozdan duo qildi.
Sabah gazetasi, “Fransiyada Le Pen isyoni” sarlavhasi bilan bergan xabarda, fransuzlarning 3 dan 2 qismi Yevropa parlament saylovlarida g’alaba qozongan o’ta millatchi yetakchi Le Penni tahlika sifatida ko’rganligini yozdi.
Yevropa Parlament saylovlarida kutilgandan ham ortiqcha ovoz olgan millatchi partiyalarning yuksalishi, turli millatga ega bo’lgan Yevropa İttifoqi davlatlarini havotirga solmoqda.
Angliya esa Birlashgan Qrollik Mustaqillik partiyasining muvaffaqiyati vaqtinchalik ekanligidan umidvor edi.
Gazeta, Fransiya, Angliya, Germaniya, Avstriya, Daniya va Finlandiya kabi davlatlarda Yevropa İttifoqiga qarshi bo’lgan millatchi partiyalarning Yevropa parlamentida o’z o’rnini kengaytirganiga va ijtimoiy media orqali jar solgan birlik tarafdorlarining o’ta millatchilarning ko’chmanchilarga qarshi siyosatini tanqid qilganiga e’tibor qaratdi.
Milliyat gazetasi, “Ko’chmanchi tadbirkorlar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, dastlabki 3 oy ichida xorijliklar Turkiyada 1141 nafar shirkat tuzganligini yozdi.
Turkiya xorijlik sarmoyadorlar uchun ishonchli joylardan biri ekanligini tilga olgan Bojxona va tijorat vaziri Hayati Yaziji, yilning dastlabki yarmida 199 anonim shirkat va 78 davlatdan 942 limited shirkat bo’lib jami 1141 xorij sarmoyali shirkat tuzilganligini ma’lum qildi.
Hayati Yazijining aytishicha, Turkiyaga sarmoya kiritgan xorijlik shirkatlarning jami sarmoya miqdori 213 million turk lirasidan oshdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar