Matbuot Sharhlari 30.05.201

Prezident Abdulloh Gul AQShda

77314
Matbuot Sharhlari  30.05.201

Yeni Shafak Gazetasi, “G’ururlandik” deb yozgan xabarda, Bosh Vazir Recep Tayyip Erdog’anning, İzmirda dunyodagi eng katta harbiy mashg’ulotlardan biri bo’lgan Efes 2014 ga ishtirok etganini bildirmoqda. Gazeta, Bosh Vazir Erdog’anning, ko’pi mahalliy qurollari bilan amalga oshirilgan harbiy mashg’ulotlarni kuzatganini yozmoqda.

Aksham Gazetasi, “İlk uch oy ichida ochilgan shirkat soni 15 minga ko’tarildi” deb yozgan xabarda, Boshxona va Tijorat Vaziri Hayati Yazijiining, Turkiyada joriy yilning ilk choyarida tashkil topgan shirkat sonining 15 ming 713 ga borib yetganini ifoda etgani haqida xabar qilmoqda. Gazeta, Yazijining, bergan bayonotidan ushbu shirkatlar sonining, o’tgan yilga qaraganda joriy yil 20 foiz ortganini chop etmoqda.

Sabah Gazetasining iqtisodiyot sahifasida chop etilgan xabarda, “Yunon banklarda Turk imzoladi” deb yozgan xabarda, moliyaviy reviziyani boshlatgan Yunon banklarining negizini Turklarning qurganini bildirmoqda. Gazeta, Turk İnnova firmasining, 900 filianlini, Yunon Piraeus Bankning kiosklarini qurganini bildirmoqda.

Xabar Turk Gazetasi, “İnshoat sektori faol ildamlamoqda” deb yozgan xabarda, Turkiyada har yil rivojlanishga davom etgan inshoat sektorining, 2014 yili juda faol bo’lganini chop etmoqda. Gazeta, faqat bu oy ichida 15 yangi loyiha tanitilar ekan, İyun oyi esa yangi loyihalarning tanitish uchun kutganini yozmoqda.

Xabar Turk Gazetasi “Dunyoda 1.5 milliard inson ishsiz” deb yozgan xabarda, Xalqaro Mehnat Tashkilotining so’ngi hisobotiga ko’ra, rivojlanish pog’onasida va bosqichida bo’lgan o’lkalarda ijobiy iqtisodiyot kuzatilgani, lekin o’lkasidan chiqib ketganlar sonining ham ortganini bildirmoqda. Gazeta, ishsizlik raqamlariga kelganda dunyoda 1.5 milliard insonning davomli ishi va sug’urtasi bo’lmagan holda yashaganini yozmoqda. Gazeta, tashkilotning Dunyoda İsh Berish Hisobotida, kundalik 2 dollardan ham kam pul bilan ishlaganlar sonini 839 million bo’lganini ma’lum qilgani bildirilmqoda. Xabarda, tashkilotning Bosh Direktori Guy Ryderning, bu raqamni, “Qo’rqinch darajada ko’p” deb baholaganini yozmoqda.


Star Gazetasi, “Duyoda eng eski tish” deb yozgan xabarda, Fransiyadagi qozuvlarda arxeologlarni hayratga solgan dalillar chiqganini chop etmoqda. Gazeta, Millodan Oldin 3. asrdan qolgan bir ayolga oid jasadni tekshirib chiqgan mutaxassislarning soxta tish topganini ifoda etmoqda. Xabarda yasalgan tishning, demir davriga doir bir ayol jasadidan chiqgani bildirilmoqda. Gazeta, o’lganida 20-30 yoshlarida bo’lgani belgilangan ayolning oldingi tishlarining joyida bir temirdan yasalgan tish topilganini chop etmoqda. Gazeta, bir mixning tishni tutishi uchu ishlatilgan bo’lish ehtimoli borligini va davr mobaynida tishning o’rnini olganini ifoda etmoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar