Matbuot sharhlari 29.05.2014

76362
Matbuot sharhlari 29.05.2014


Star gazetasi, “Armaniston 2 Ozarbayjon askarini halok qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Ozarbayjon-Armaniston chegarasida Armaniston askarlari tomonidan o’q uzilishi oqibatida 2 nafar Ozarbayjon askari halok bo’lganini, bir askar esa og’ir yaralanganini yozdi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligidan qilingan izohda, Fuzuliy hududida arman chegara posbonlari Ozarbayjon chegara hududiga o’q uzganligi aniqlanganligini bildirdi.
Aksham gazetasi, “BMT “İstanbul” dedi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İstanbul shahar xokimi Kadir Topbash New Yorkda BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon bilan uchrashganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, mazkur uchrashuvda “2016 Jahon İnsonparvarlik yordam anjumani”ning İstanbulda o’tkazilishi qarorlashtirildi.
Star gazetasi, “Quvaytga viza bekor qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyadan Quvaytga vizasiz sayohat qilish imkoniyati tug’ilganligini yozdi.
İkki davlat o’rtasida imzolangan shartnoma asosida diplomatik, shahsiy va xizmat passportiga ega bo’lgan Turkiya fuqarolari vizasiz va mablag’ to’lamasdan dastlabki kirgan kundan e’tiboran 6 oy ichida 90 kundan oshmaydigan shaklda sayohat qilishi mumkin.
Yeni shafak gazetasi, “Moskvada THYning maxsus xizmat zali ochildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Havo Yo’llari Rossiyaning poytaxti Moskvada maxsus davlat vakillariga xizmat beruvchi markaz ochganligini yozdi.
Xalqaro Vnokovo aerportidagi “İstanbul Lounge” VİP zalining ochilishiga THY boshqaruv kengashi rahbari Hamdi Topchu va aeroport boshqaruvchilari va boshqa ko’plab mehmonlar tashrif buyurdi.
Sabah gazetasi, “İstanbul samolarida otashin parashyutchilar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, kecha İstanbulda “ProBASE World Cup-2014” faoliyati boshlanganligini yozdi.
18 davlatdan jami 65 parashyutchi İstanbulda joylashgan 236 metr balandlikdagi Sapphire osmono’par binosidan yerga sakradi.
Parashyutchilar ertagacha bir-biri bilan bellashadi va bu fursatdan foydaalanib İstanbulning tengi yo’q go’zal manzarasini samodan turib tomosha qilish baxtiga muyassar bo’ladi.
Parashyutchilar bundan keyingi bellashuvini Norvegiya, Shveysariya va Turkiyaning Erzinjan viloyatlarida davom ettiradi.
Xabar turk gazetasi, “Sabanji eng kuchli 60-ayol deb topildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Sabanji Holding Boshqaruv kengashi rahbari Guler Sabanji, Forbes jurnali tomonidan yuritilgan “2014 yilning eng kuchli ayollari” anketasida 60-o’rinni egallaganligini yozdi.
Mazkur anketa ro’yxatining birinchi o’rinini germaniya Bosh vaziri Angela merkel egalladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar