Matbuot Sharhlari 15.05.2014

Dasturimizni matbuot Sharhlari bilan davom etiramiz.

68071
Matbuot Sharhlari 15.05.2014

Dasturimizni matbuot Sharhlari bilan davom etiramiz.
Yeni Shafak Gazetasi, “ Motamda ” sarlavhasi bilan tarqatgan xabarda, Turkiya, So’ma fojiasida halok bo’lgan farzandlari uchun yig’lamoqda. Ma’dan konida sodir bo’lgan partlash natijasida, 77 million motam tutmoqda deb yozgan gazeta, Bosh Vazir Rajab Toyyib Erdo’g’an, uch kunlik motam e’lon qilganini yozmoqda. Xabarda, rasmiy tashkilotlar va chetel vakolatxonalarimizda bayroqlar yorimga pasaytirilgan. Gazeta, Turkiya Oliy Millat Majlisida, 1 daqiqalik sukut saqlandi va ortidan faoliyatlariga tanaffus berildi. Xabarda barcha ko’ngil ochish dasturlari, festivallar va konsertlar bekor qilinar ekan , jomelardan So’ma shahidlari uchun duolar o’qildi. Dunyo Turkiyaga hamdardlik bildirdi deb yozgan gazeta, AQSh, Rossiya, Eron, Bosniya va Gersegovina, Pokiston, Germaniya va Gretsiya bilan bir qatorda ko’plab o’lka bilan Yevropa İttifoqi ta’ziya bayonotlari tarqatganlarini yozmoqda. Xabarda, Buyuk Britaniya elchixona binosidagi bayrog’ini pasaytirganini, İsroil elchixonasi esa tuzilish ziyofatini bekor qilganini bildirmoqda.
Sabah Gazeta, “ Respublika tarixining eng katta falokatlaridan biri, 77 million motamda deb yozmoqda. Gazeta, ushbu fojia tufayli mamlakat bo’ylab uch kunlik motam e’lon qilganini , 19 May Otaturkni Yodga Olish Yoshlik va Sport Bayrami tadbirining rasmiy marosimdan tashqari bo’limlari bekor qilinganini yozmoqda. Juda ko’p sonda o’lka ta’ziya maktublari yuborganini bildirgan gazeta, Papa halok bo’lganlar uchun duo qilishni istaganini bildirgan. Xabarda, AQShlik pop san’atkori Rihanna, Twitteri sahifasida So’ma deb yozganini, Liverpool va Chelsea jamoalari ham ta’ziya bildirgan. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi esa ikki kunlik motam e’lon qilganini bildirdi.
Star Gazetasi, “ Motamdamiz” sarlavhali xabarida, Turkiya, So’mada Ko’mir ma’dan konida sodir bo’lgan fojiaga yig’laganini yozmoqda.
Gazeta, Prezident Abdulloh Gul va Bosh Vazir Rajab Toyyib Erdog’an, chetel safarlarini bekor qilganini, muxolifat partiyalari va vazirlar ham dasturlarini kechiktirib So’maga jo’nab ketganlarini yozmoqda. Xabarda to’y, musobaqa va ko’ngil ochish dasturlari kechiktirilgan.
Milliyat Gazetasi, “ Dunyo So’ma uchun yig’ladi ” sarlavhali xabarda, So’ma uchun juda ko’p sonda dunyo rahbari ta’ziya bayonotlari tarqatganini bildirmoqda.
Gazeta, So’mada sodir bo’lganlar uchun faqatgina, Turkiyani emas butun dunyoni xafa qilganini yozmoqda .Gazeta, ba’zi xorijiy tashkilotlar voqeaga tez tez o’rin berar ekan , jojia ko’plab o’lkada kunning dolzarb voqeasi sifatida ko’rilmoqda.
Vatan Gazetasi, Atletico Madrid da o’ynayotgan Arda Turan, So’madagi fojia sababli uni do’slari tasalli etganini, gazeta, Atleticoning kechagi mashqida oyyoqda turishda qiynalganini Ardani jamoadagi do’stlarini tasalli etganini yozmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar