Anadolu agentligi “Yilning eng yaxshi axborot agentligi” deb topildi

BHS Group  hamda Turkiya – Ozarbayjon Strategiya va Iqtisodiyot klubi tomonidan uyushtirilgan V Turkiya –Ozarbayjon Qardoshlik mukofoti o‘z egalarini topdi.

1912393
Anadolu agentligi “Yilning eng yaxshi axborot agentligi” deb topildi

 

BHS Group  hamda Turkiya – Ozarbayjon Strategiya va Iqtisodiyot klubi tomonidan uyushtirilgan V Turkiya –Ozarbayjon Qardoshlik mukofoti o‘z egalarini topdi.  

Taqdirlash marosimi Istanbulda bo‘lib o‘tdi.

Anadolu agentligi muxbiri BHS guruhi (Kompyuter fanlari va global marketing) raisi Atakan Tashur bilan suhbatlashdi.  

"Ikki mamlakat san’at, siyosat, sport, ommaviy axborot vositalari va biznes olamining eng yaxshilari tashkilot tomonidan munosib mukofotlarga sazovor bo‘ladi. Tadbirimizning boshqa mukofot kechalaridan farqi shundaki, biz milliy o‘zligimizni, Turonga o‘z munosabatimizni namoyon etamiz. Bu yil mukofotlar 70 nominatsiya bo‘yicha topshiriladi",-  dedi Atakan Tashur.  

Turkiya – Ozarbayjon strategiya va iqtisodiyot klubi raisi Koray Bozat o‘z navbatida: “Biz Ozarbayjon va Turkiyaning qardoshligiga qanday hissa qo‘sha olamiz? Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad va uning ahamiyati Kiprning ishtirokidir. Bu yil tadbirimizni “Uch davlat, bir millat” shiori ostida tashkil qildik. Biz juda xursandmiz” deya ta’kidladi.  

Faxriy mukofot sohiblari orasida Anadolu agentligi ham bor.  Agentlik “Yilning eng yaxshi axborot agentligi” mukofotiga munosib deb topildi.

Mukofot Agentlikning video yangiliklari muharriri Muhammed Kilinchga topshirildi. 

Eng yaxshilar orasida Beyo‘g‘lu meri Haydar Ali Yildiz (“Yilning eng yaxshi meri”), Iroq Assambleyasi a’zosi Ershat Solihi (Maxsus yutuqlar uchun Turkmaneli mukofoti) bor. Madaniyat va turizm vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sanem Arikan “Yilning eng yaxshi ayol byurokrati”, aktyor Oktay Kaynarja esa “Yilning eng yaxshi serial aktyori” mukofoti bilan taqdirlandi. 70 nominatsiya bo‘yicha mukofotlar san’at, siyosat, biznes va sport sohalaridan saralanganlarga topshirildi.  


Tanlangan kalimalar: #Anadolu axborot agentligi , #Turkiya

Aloqador xabarlar