Samarqandda TDT sammiti doirasida qator ko‘rgazmalar tashkil etildi

“Samarqand – do‘stlik va diniy bag‘rikenglik shahri”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “O‘zbekiston ranglari”, “Vaqt saroblari”, “Turkiy xalqlar milliy liboslari” deb nomlangan mazkur ko‘rgazmalar O‘zbekiston va qardosh turkiy xalqlarning boy tarixini aks ettirgan.

1904858
Samarqandda TDT sammiti doirasida qator ko‘rgazmalar tashkil etildi

 

O'zbekiston Respublikasi prezidentining tashabbusi bilan Samarqand shahrida “Muzeylar maydoni”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan  O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti doirasida Samarqandda bir qator ko‘rgazmalar tashkil etildi.

“Samarqand – do‘stlik va diniy bag‘rikenglik shahri”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “O‘zbekiston ranglari”, “Vaqt saroblari”, “Turkiy xalqlar milliy liboslari” deb nomlangan  mazkur ko‘rgazmalar ekspozitsiyalarida  O‘zbekiston va boshqa qardosh turkiy xalqlarning boy tarixi, madaniyati, anʼanalari hamda sanʼati qirralari  atroflicha o‘z ifodasini topgan. 

Ekspozitsiyalarning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad Samarqandda va mamlakatning boshqa hududlarida istiqomat qilayotgan turli millatlarga mansub aholining madaniy markazlari faoliyati vositasida O‘zbekistondagi millatlararo o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik qadriyatlarining mustahkamligini namoyon etish bilan izohlanadi.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Samarqand

Aloqador xabarlar