Samarqandda "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda o‘tkazilgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" doirasida Samarqand shahridagi Yoshlar saroyida ham tantanali tadbir tashkil etildi.

1902365
Samarqandda "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekistonda o‘tkazilgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" doirasida Samarqand shahridagi Yoshlar saroyida ham tantanali tadbir tashkil etildi.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi va ushbu davlatning mamlakatdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan anjuman Toshkent shahri bilan birga Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlarini ham qamrab oldi.

Fan, madaniyat, ta’lim xodimlari, ozar elidan kelgan mehmonlar, universitet talabalari, mahalliy ozarbayjonlar ishtirok etgan marosimda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov xalqlarimiz o‘rtasida shakllangan tarixiy, madaniy va iqtisodiy sohalardagi aloqalarga to‘xtaldi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Samarqand shahrini ham ziyorat qilganini, viloyat rasmiylarining Gabala shahriga tashrifi davomida uyushtirilgan samarali uchrashuvlarni mamnuniyat bilan esladi. Ozarbayjon - O‘zbekiston hududlari hamkorligi kengayib borayotganini e’tirof etdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbosov esa ikki mamlakatning oliy darajadagi munosabati, madaniy aloqasi, xususan o‘tkazilgan madaniyat kunlari haqida gapirdi. O‘zbekistonning, turkiy dunyoning go‘zal shahri, Sharq durdonasi, Amir Temur saltanati poytaxti, tarixiy Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Samarqand shahri qardosh Ozarbayjonning Ganja, Shamaxi, Boku singari qator shaharlari bilan izchil munosabat o‘rnatgan bo‘lib, o‘zaro iqtisodiy, tijoriy va madaniy aloqalar yuksalib borayotganini qayd etdi.

Diplomat ozarbayjonlar Samarqand shahri madaniy hayotida doimiy ravishda faol ishtirok etishini ta’kidlab, XX asr boshlarida Samarqandda yashab ijod qilgan mashhur pedagog, tarjimon va noshir Sayid Rizo Alizoda Turkistonda yoshlarni o‘qitish, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishdagi noyob xizmatini yodga oldi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva xalqlarimiz o‘rtasida barcha sohalar, jumladan, madaniyat yo‘nalishidagi aloqa yuksak darajada ekanidan faxrlanishini aytdi.

Deputat Samarqand shahrining turkiy dunyo uchun alohida ahamiyatini ta’kidlab, Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari sammiti kelasi oy shu shaharda o‘tkazilishini eslatdi.
Viloyatdagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari Adil og‘a Mirzoyev Samarqandda shunday ajoyib tadbir o‘tkazilishi muhim voqelik ekanini bildirdi.

Anjuman doirasida Ozarbayjon va O‘zbekiston milliy kashtachiligi, hunarmandligi namunalari aks etgan milliy liboslar to‘plami namoyish etildi. Ko‘rgazmada turfa rang, milliy naqshinkor shakllar bilan boyitilgan g‘ayrioddiy kashtalar, qo‘lda ishlangan nafis mahsulotlar taqdim qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Samarqand

Aloqador xabarlar