Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan olimlar e’lon qilindi

Ben Bernanke, Duglas Diamond va Filipp Dibvig 2022 yilgi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.

1890787
Iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga  sazovor bo’lgan olimlar e’lon qilindi

 

Ben Bernanke, Duglas Diamond va Filipp Dibvig 2022 yilgi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.

Shvetsiyaning Stokgolm shahrida iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilindi.

Amerikalik olimlar Ben Bernanke, Duglas Diamond va Filipp Dibvig banklar va moliyaviy inqiroz borasidagi ishlari uchun mukofotlandi.

Bayonotda, ayniqsa, moliyaviy inqiroz davrida banklarning iqtisodiyotdagi rolini tushunishga uchta nom hissa qo'shgani ta'kidlandi.

Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan olimlarga oltin medaldan tashqari 900 ming dollar pul mukofoti ham beriladi.

Mukofotlar Nobel mukofotlari tashabbuskori Alfred Nobel vafoti yilligi munosabati bilan 10 dekabr kuni topshiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar