Turkiya kinoijodkorlari Buxoroda “Ziyorat — oltin yoʻl” nomli hujjatli film suratga olmoqda

Mazkur hujjatli film Turkiya kinoijodkorlari va Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan tasvirda olinmoqda.

1878165
Turkiya kinoijodkorlari Buxoroda “Ziyorat — oltin yoʻl” nomli hujjatli film suratga olmoqda

 

O'zbekistonning Buxoro shahrida Turkiya kinoijodkorlari va Kinematografiya agentligi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan Kinematografiya agentligi Buxoro viloyat hududiy boʻlimi hamkorligida “Yetti pir”lar toʻgʻrisida “Ziyorat — oltin yoʻl” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.

Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur filmning suratga olinishi O'zbekiston turistik salohiyatini yuksaltirish barobarida yosh avlodning tarixiy obidalar, qadamjolar, qadimiy shaharlarga boʻlgan milliy gʻurur va muhabbatini yanada oshirishda muhim omil boʻladi.


Tanlangan kalimalar: #Ziyorat — oltin yoʻl , #Turkiya , #Buxoro

Aloqador xabarlar