Buxoroda “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o'tkaziladi

Istanbul-Buxoro reysi orqali Turkiya va eronlik 40 nafar zargar, zardo‘z va kashtachi hunarmandlar Buxoro shahriga yetib keldi. Ular festivalda o‘zlarining hunarmandchilik namunalari, yaratilgan san’at asarlari bilan qatnashadi.

1829877
Buxoroda “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o'tkaziladi

 

Buxoroda joriy yilning 21-25 may kunlari o‘tkaziladigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” hamda “Milliy kashtado‘zlik san’ati festivali” ga ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan zargar, zardo‘z va kashtachi hunarmandlarning kelishi boshlandi.

Buxoro xalqaro aeroportida ilk mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova kutib oldi. 

Istanbul-Buxoro reysi orqali Turkiya va eronlik 40 nafar zargar, zardo‘z va kashtachi hunarmandlar Buxoro shahriga yetib keldi. Ular festivalda o‘zlarining hunarmandchilik namunalari, yaratilgan san’at asarlari bilan qatnashadi.

Ma’lumot uchun: festivalda zardo‘z, zargar, kashtado‘z hunarmand, konferensiya ishtirokchilari, xorijiy ommaviy axborot vositalari, WCC xodimlari, yuqori martabali mehmonlar va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat 50 dan ortiq davlatdan 211 nafar xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar