TRTning Toshkentdagi vakolatxonasi “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi

“Xorijlik jurnalistlarning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Turkiya teleradiokompaniyasining (TRT) Toshkentdagi muxbirlik vakolatxonasi sazovor bo‘ldi.

1822408
TRTning Toshkentdagi vakolatxonasi “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi

 

Kecha, O'zbekiston poytaxti Toshkentdagi “Turkiston” saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVI Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov yakunlari eʼlon qilinishi hamda mukofotlar topshirilishiga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anʼanaviy tadbir har yili 3 may kuni nishonlanadigan Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlandi.

Tadbirda senatorlar, deputatlar, turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, matbuot xizmatlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya korpusi hamda xalqaro tashkilotlar xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Nufuzli hayʼat bosh milliy mukofot sovrindori, televideniye, radio, bosma ommaviy axborot vositalari va internet jurnalistikasi  yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarni hamda “Eng yaxshi matbuot xizmati”, "Eng yaxshi fotoreportaj uchun” va boshqa rag‘batlantiruvchi mukofotlar sohiblarini aniqladi.

Jurnalistika sohasidagi bosh milliy mukofot tanlovida xorijlik jurnalistlarning ijodiy ishlari ham ko‘rib chiqildi - tanlovda dunyoning yigirmadan ziyod mamlakati vakillari ham ishtirok etishgani O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarga, uning ichki va tashqi siyosati hamda izchillik bilan olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga nisbatan qiziqishning ortib borayotganidan dalolat beradi.

Marosimda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov xorijiy ommaviy axborot vositalarining g‘oliblariga maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni va statuetkani topshirdi, shuningdek, sovrindorlar tegishli pul mukofotlarini ham olishadi.

“Xorijlik jurnalistlarning O‘zbekiston to‘g‘risidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘ringa Turkiya teleradiokompaniyasining (TRT) Toshkentdagi muxbirlik punkti sazovor bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinlarni quyidagilar egallashdi:

O‘rinboy Usmonov – "Xalq ovozi" gazetasining muxbiri (Tojikiston);

Barbara Ditrix – "Diplomatic World" jurnalining bosh muharriri  (Belgiya);

Xalid Taymur Akram – "National Herald Tribune" gazetasi muharriri,  Global va strategik tadqiqotlar markazining ijrochi direktori (Pokiston);

Sanjay Kumar – "The Korea Herald" gazetasi muxbiri (Koreya Respublikasi).


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Oltin qalam , #TRT

Aloqador xabarlar