Usmoniy hukmdorlarining noyob portretlari auksionda 1,83 mln dollarga sotildi

“The Newbattle Turks” kolleksiyasi besh nafar mashhur Usmoniy hukmdor - Boyazid I, Mehmed I, Murod II, Boyazid II, Qonuniy Sulton Sulaymon va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur suratidan iborat.

1767341
Usmoniy hukmdorlarining noyob portretlari auksionda 1,83 mln dollarga sotildi

 

Buyuk Britaniyaning “Sotheby” auksion uyi Usmoniy sultonlarining oltita nodir portretini 1,34 million funt sterling (1,83 million dollar)ga sotdi.

“The Newbattle Turks” kolleksiyasi besh nafar mashhur Usmoniy hukmdor - Boyazid I, Mehmed I, Murod II, Boyazid II, Qonuniy Sulton Sulaymon va Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur suratidan iborat.

— Bu suratlar, ehtimol, XVII asrda Lotianning uchinchi grafi Uilyam Karr tomonidan olib kelingandir, — dedi “Sotheby”ning Yaqin Sharqdagi auksion savdolari bo‘yicha direktori Benedikt Karter.

Majmua XV-XVI asrlarda yashagan italyan tarixchisi va biografi Paolo Giovio (1483-1552) tomonidan to‘plangan hukmdorlar, davlat arboblari va boshqa taniqli shaxslarning 484 ta portreti to‘plamidan iborat.

Ushbu noyob san’at asarlari Shotlandiyadagi uylardan birining chodiridan topilgan. Aftidan, rasmlar o‘sha yerda yuzlab yillar davomida teginilmagan holda yotgan.


Tanlangan kalimalar: #Sotheby , #Usmoniy hukmdorlari

Aloqador xabarlar