Turk va o'zbek olimlar "Amir Temur va Izmir" mavzusida xalqaro tadbir o'tkazdi

Ushbu yig‘inda dunyoning 6 ta mamlakatidan 40 dan ortiq olim hamda tadqiqotchilar Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid ilmiy yangiliklarni ulashish uchun bir makonda birlashishdi.

1743035
Turk va o'zbek olimlar "Amir Temur va Izmir" mavzusida xalqaro tadbir o'tkazdi

 

9-30 noyabr kunlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti hamda Turkiyaning Ege universiteti Turk dunyosi tadqiqotlari instituti hamkorligida "Amir Temur va Izmir" mavzusida xalqaro ilmiy yig‘ini tashkil etildi. Tadbir avvalida Turkiya va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangradi.

Ushbu yig‘inda dunyoning 6 ta mamlakatidan 40 dan ortiq olim hamda tadqiqotchilar Amir Temur va temuriylar davri tarixiga oid ilmiy yangiliklarni ulashish uchun bir makonda birlashishdi. 

Yig‘inning ochilish marosimida dastlab Ege universiteti rektori, professor Nejdet Budoq so‘zga chiqdi. U Amir Temur tomonidan Izmirning egallanishini buyuk bir tarixiy voqea sifatida baholar ekan, quyidagi fikrlarini bildirdi: "Bugun turk tarixidagi eng buyuk nomlardan biri bo‘lgan Amir Temurni yodga olish va biz izmirlik bo‘lib uni unutmaganligimizni bildirish uchun birgamiz. Izmir 1402 yili Amir Temur tomonidan qo‘lga kiritilib, Oydino‘g‘illari qo‘liga topshirilgan. 

Shunday ekan, izmirliklar Amir Temurdan ma’naviy qarzdor. Buning eng ma’noli yo‘li – Amir Temurni yodga olish va uning nomini barhayot qilishdir. Ushbu xalqaro yig‘inni tashkil etishda qo‘shgan hissalari uchun Turk dunyosi tadqiqotlari instituti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yig‘in barcha ishtirokchilar uchun samarali bo‘lishini tilayman", deb so‘zini tugatdi.  



Aloqador xabarlar