Qozog‘istonda 6-Turk filmlari haftaligi boshlandi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiyaning Olmaotadagi Bosh konsulligi koʻmagida uyushtirilgan 6-Turk filmlari haftaligi 31 oktyabrga qadar davom etadi.

1726260
Qozog‘istonda 6-Turk filmlari haftaligi boshlandi

 

Qozog‘istonning madaniyat poytaxti Olmaota shahrida 6-Turk filmlari haftaligi boshlandi.

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi hamda Turkiyaning Olmaotadagi Bosh konsulligi koʻmagida uyushtirilgan 6-Turk filmlari haftaligining ochilish kechasi Olmaotadagi Arman kinoteatrida boʻlib oʻtdi.

Ochilish kechasida “7-kolonnadagi mo‘jiza” filmi namoyish qilindi. Tadbir doirasida turkiyalik aktyorlar o'z muxlislari bilan uchrashdi.

Turk filmlari haftaligi mobaynida taniqli turk rejissyorlarning mukofotga sazovor bo'lgan asarlari namoyish qilinadi.

Namoyishlardan so'ng san'atkorlar bilan tomoshabinlar uchrashuvlari o'tkaziladi.

Turk filmlari haftaligi 31 oktyabrga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Olmaota , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar