Istanbulda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Istanbul universitetining Adabiyot fakulteti va "Chog‘dosh turk lahjalari va adabiyotlari" klubi bilan birgalikda 21 oktyabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan adabiy-ma’rifiy kecha

1725449
Istanbulda O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazildi

 

 

Bosh konsulxona diplomatlari o‘z taqdimotlarida mamlakatda o‘zbek tilini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani, uning xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib borayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda o‘zbek tilini o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan umummilliy harakatga aylangan Yangi O‘zbekiston g‘oyasini amalga oshirish,  Uchinchi Renessans poydevorini yaratish doirasida o‘zbek tilini yanada rivojlantirish, qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha O'zbekistonda olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Istanbul universitetining o‘zbek tili o‘qituvchilari Reyila Kashgarli, Ma’mura Mamatqulova va Mehmet Olmez o‘zbek tili Markaziy Osiyo xalqlari orasida eng keng tarqalgan muloqot vositasi bo‘lishi bilan birga unda buyuk asarlar bitilganini ta’kidladi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Tog‘ay Murod, Muhammad Yusuf, Tohir Malik asarlari nafat o‘zbek tilining ma’naviy merosi, balki  butun turkiy dunyo xazinasi hisoblanadi.   

Adabiy-ma’rifiy kechada o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalar tomonidan  ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. 

Tadbir yakunida Bosh konsulxona tomonidan o‘tkazilgan "Siz o‘zbek tilini qay darajada bilasiz?" tanlovining g‘olib va sovrindorlariga  esdalik sovg‘alari topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbek tili bayrami , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar