Yaqinda O'zbekistonda XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo'lib o'tadi

Festivalda Rossiya, Turkiya, Koreya, Italiya, Polsha, Ozarbayjon, Hindiston, Belarus, Misr, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston kinolari namoyish qilinadi.

1702088
Yaqinda O'zbekistonda XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo'lib o'tadi

 

Dunyo tan olgan, jahon sahnalarida namoyish etilgan katta kinotaqdimotlar endi O`zbekistonda ham bo`lib o`tadi.

Shu yilning 28 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XIII Toshkent Xalqaro Kinofestivali bo'lib o'tadi. Festival doirasida esda qolarli uchrashuvlar, qiziqarli taqdimotlar, xullas yorqin lahzalarga boy tadbirlar bo`lishi kutilmoqda.

O'zbekiston Kinemotografiya agentligi ma'lum qilishicha, festival doirasida “Jahon mamlakatlari kino kunlari” o`tkazilishi rejalashtirilgan bo`lib, unda 10 dan ortiq davlatlarning kinolari namoyish qilinadi.

Rossiya, Turkiya, Koreya, Italiya, Polsha, Ozarbayjon, Hindiston, Belarus, Misr, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston shular jumlasidan.

Eslatib o‘tamiz, besh kun davom etadigan kinofestival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qayta tiklandi. Endilikda kinofestival O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yildan boshlab har yili 28 sentyabr – 3 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.


Tanlangan kalimalar: #Kinofestival , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar