Turkiyada hayit namozi ado etildi

Turkiyada Qurbon hayitining birinchi kuni barcha mo‘min-musulmonlar hayit namozini ijtimoiy masofa saqlagan holda, shuningdek niqob taqish majburiyatiga amal qilgan holda ado etdilar.

1677741
Turkiyada hayit namozi ado etildi

 

2021 yil 20 iyul - hijriy 1442 yil Zulhijja oyining 10-kuni Islom ummatining eng yirik bayrami – Qurbon hayiti kunidir. Ushbu muborak kun butun islom olamida keng nishonlanmoqda.

Turkiyada Qurbon hayitining birinchi kuni barcha mo‘min-musulmonlar hayit namozini ijtimoiy masofa saqlagan holda, shuningdek niqob taqish majburiyatiga amal qilgan holda ado etdilar.

 

Hayit namozini ado etgan musulmonlar bir-biri bilan salomlashib, bayram bilan tabrikladilar. 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning qaroriga binoan, turkiyaliklar Qurbon hayiti munosabati bilan 9 kun dam oladi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbon hayiti

Aloqador xabarlar