Buxoroning 7 ta tarixiy obidasi ICESCO ro‘yxatiga kiritildi

Buxorodagi 7 ta – Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICYeSCOning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

1676973
Buxoroning 7 ta tarixiy obidasi ICESCO ro‘yxatiga kiritildi

 

Buxorodagi 7 ta madaniy yodgorlik Islom olamining ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 29 iyun kuni Islom Olami Merosi Qo‘mitasining to‘qqizinchi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro 2020 yilda “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Buxorodagi 7 ta – Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICYeSCOning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda shuningdek, Iyordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritldi. 

Shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish, ularni o‘rganish va xalqaro miqiyosda keng targ‘ib qilish bo‘yicha ICESCO va Islom Olami Merosi Qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olingan.


Tanlangan kalimalar: #Islom Olami Merosi , #O'zbekiston , #Buxoro

Aloqador xabarlar