O'zbekiston turkiyalik jurnalistni “Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirladi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida XV “Oltin qalam” milliy mukofoti “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ruzubay Ako‘renga mukofotni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

1653120
O'zbekiston turkiyalik jurnalistni “Oltin qalam” milliy mukofoti bilan taqdirladi

 

Turkiyalik jurnalistga “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirildi.

O‘zbekistonning Anqara shahridagi elchixonasida XV “Oltin qalam” milliy mukofoti “Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan turkiyalik jurnalist Ruzubay Ako‘renga 1-o‘rin mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Ruzubay Ako‘ren “Oltin qalam” milliy mukofotini qabul qilib olar ekan, ushbu mukofotga loyiq, deb ko‘rgan O‘zbekiston davlatiga, o‘zbek xalqiga, ularning Turkiyadagi vakili bo‘lgan O‘zbekiston elchixonasi vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Tadbir davomida Ruzubay Ako‘ren O‘zbekiston uning ota yurti ekani va ajdodlari Buxoroi Sharifda yashagani, ta’lim olgani, shuningdek, atrofidagilarga ham ilm bergani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Shu bois, Ruzubay Ako‘ren “Ota yurtim O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan ushbu mukofotning ahamiyati men uchun juda qadrli”, deya ta’kidladi.

U kelgusi faoliyatida ham turkiy dunyoning madaniyat va ma’rifat beshigi bo‘lgan O‘zbekistonni o‘z qalami ila keng targ‘ib qilishni va mamlakatga bo‘lgan o‘z mehrini namoyon qilishda davom etajagini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar