O'zbekistonda 9 may - Xotira va qadrlash kuni

Bugun, 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 76 yil to‘ldi.

1636747
O'zbekistonda 9 may - Xotira va qadrlash kuni

 

Bugun, 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 76 yil to‘ldi.

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2020 yilda  poytaxt Toshkentning Olmazor tumanida «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi bunyod etildi.

Bog‘da o'zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan salmoqli hissasi, urush jangohlari va front ortida ko‘rsatgan mislsiz jasorati va matonatli mehnati haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Bugun ushbu tabarruk maskan ziyoratchilar – yurtdoshlar va xorijlik mehmonlar bilan gavjum.

Joriy yil 9 may kuni Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga 76 yil to‘lganligi munosabati bilan O'zbekistonda urush qatnashchilariga hurmat-ehtirom ko'rsatilmoqda. Turli xotira kechalari tashkil etilmoqda. Tadbirlarda urush ishtirokchilariga hurmat-ehtirom bajo keltirilib, sovg‘a-salomlar ulashilmoqda.

Mana shunday tadbirlardan birida qahramonlarga 9 may -Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini o‘qib eshittirish bilan birga,12 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti, sovg‘a-salomlar, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari topshirildi. Otaxonlar bilan dildan suhbatlashildi.

Muloqot davomida Vatan tinchligi, yurt obodligi uchun jang maydonlarida ko‘rsatgan jasoratlari eʼtirof etildi.



Aloqador xabarlar