O'zbekistonning Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali” o‘tkaziladi

Bu haqda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Unda “Gullar festivali”niing 60 yillik yubileyini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

1624878
O'zbekistonning Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali” o‘tkaziladi

 

Joriy yil 24-31 may kunlari Namangan shahrida xalqaro “Gullar festivali” o‘tkaziladi.

Bu haqda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Unda “Gullar festivali”niing 60 yillik yubileyini yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Hukumat farmoyishiga ko‘ra, Namangan viloyatida gulchilik an’analarini saqlash, qayta tiklash, sohada ilmiy o‘rganish va izlanishlarni amalga oshirish, o‘zaro tajriba almashish, gulchilik tarixini,  xorijdan keltirilgan gul navlarini yetishtirish tajribasini o‘rganish, yosh avlod qalbida gulchilik san’atiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, chet ellik turistlarni keng jalb etish hamda Namangan shahrini gullar markaziga  aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tuzildi.

Qo‘mita o‘n besh kun muddatda festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini hamda festivalni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi.

 Xorijiy davlatlardan mahoratli gulchilar, ekibana san’ati ustalari, landshaft dizaynerlari kelishi ham nazarda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, Namangan viloyat hokimligi va Madaniyat vazirligi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda festivalning tantanali ochilish marosimini yuqori badiiy saviyada tashkil etadi.

Bundan tashqari festival doirasida Namangan shahrining asosiy ko‘chalarida maxsus gullar bilan bezatilgan 150 ta avtotransport vositalaridan iborat “Bayram paradi” o‘tkaziladi.

Shahar markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i esa hunarmandchilik buyumlari, kitoblar, fotosuratlar, milliy liboslar namoyishiga mezbonlik qiladi.

Bir so‘z bilan aytganda xalqaro “Gullar festivali” butun O‘zbekistonni, jumladan, Namanganni dunyoga keng tanitish barobarida sayyohlar oqimini ko‘paytirish, turizmni rivojlantirish, mavjud hamkorlik doiralarini kengaytirishga xizmat qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gullar festivali , #Namangan , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar