Istanbulda "Iymon va san'at" nomli ko'rgazma ochildi

Ko'rgazmada Turk va Islom san'ati muzeyi kollektsiyasidan jami 150 asar namoyish etiladi.

1623604
Istanbulda "Iymon va san'at" nomli ko'rgazma ochildi

 

Istanbuldagi Turk va Islom san'ati muzeyida "Iymon va san'at" nomli ko'rgazma ochildi.

Bu haqida Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'rgazma "Qur'oni karim", "Payg'ambarimiz", "Ibodat", "Namoz" va "San'at" bo'limlaridan iborat.

Ko'rgazmada Turk va Islom san'ati muzeyi kollektsiyasidan jami 150 asar namoyish etiladi. Bular orasidan 73 nafar asar birinchi marta taqdim etilmoqda.

Ko'rgazma asarlari orasida VIII asr oxiri - IX asr boshlarida yozilgan Qur'on va mashhur xattot Yoqut al-Mustasimi tomonidan yozilgan Qur'on ham bor.

Ko'rgazmada Xitoy qog'oziga qo'rg'oshin siyohi bilan yozilgan Temur davriga oid muqaddas kitob, Usmoniylarning eng mashhur xattoti Shayx Hamdullohning Qur'oni-Karim qo'l yozmasi, Sulton Abdul Majidning xattotlik asarlari va boshqalar namoyish etiladi. Ko'rgazmaga kirish bepul bo’lib, u 30 iyulga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Iymon va san'at , #Istanbul , #Turkiya

Aloqador xabarlar