O'zbekistonda II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston Prezidentining "II Xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik sanʼatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

1622825

Mazkur hujjat bilan baxshichilik sanʼatini respublika va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish maqsadida xalqaro festivalni Surxondaryo viloyatidan boshqa hududlarda ham o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazish orqali mavjud bo‘lgan o‘ziga xos ijro uslublari asosida ijodiy maktablarni “ustoz-shogird” anʼanalari asosida qayta tiklash va rivojlantirishga erishiladi.

Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali kelgusida bosqichma- bosqich respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil etiladi.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, joriy yildagi II xalqaro baxshichilik sanʼati festivaliga Nukus shahri mezbonlik qiladi.

Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, tashkiliy qo‘mita festivalni Qoraqalpog‘istonda yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Joriy yildagi festivalni o‘tkazish bo‘yicha aniq muddat sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Aloqador xabarlar