Islom olamida muqaddas Ramazon oyi boshlandi

Bugun fazilatli oy – Ramazon kirib keldi. Dunyo bo'ylab millionlab musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi toat-ibodat va ro'za oyidir.

1620248
Islom olamida muqaddas Ramazon oyi boshlandi

 

Bugun fazilatli oy – Ramazon kirib keldi. Dunyo bo'ylab millionlab musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi toat-ibodat va ro'za oyidir.

Bu oyni butun dunyodagi mo‘'min-musulmonlar o‘zgacha shukuh va xursandchilik bilan o‘tkazishadi. Masjidlarda Qur'on tilovatlari bo‘ladi, ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatiladi. Bu oyda insonlarning bir-birlariga mehr-muruvvati juda ko‘p bo‘ladi.

Ammo, koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiyada bu yilgi Ramazon oyi bir qator cheklovlar joriy qilingan paytga to’g’ri keldi. Pandemiya tufayli vaziyat og’ir bo’lsa-da, dunyo bo'ylab millionlab musulmonlar har doimgidek muborak Ramazon oyini ko’tarinki ruhda kutib oldilar.

Azizlar, kirib kelayotgan mana shunday ulug‘ kunlar, ulug‘ daqiqalar barchamizga qutlug‘ bo‘lsin. Turkiya ovozi radiosining ijodiy jamoasi barcha mo‘'min-musulmonlarni muqaddas oy bo‘lmish – Ramazoni sharif bilan muborakbod etadi. Barchamizning har bir kunimiz xayrli, fazilatli va barokatli bo‘lsin! Ramazon muborak bo’lsin azizlar!


Tanlangan kalimalar: #Ramazon

Aloqador xabarlar