Usmoniy podshohi Sulton Sulaymonning portreti auksionga qo’yiladi

Noyob asar shu kungacha Fransiyalik zodagon oilaning kolleksiyasida saqlanar edi. Ushbu asarning boshlang’ich narxi 80 ming funt sterlingini tashkil etadi.

1611292
Usmoniy podshohi Sulton Sulaymonning portreti auksionga qo’yiladi

 

Usmoniylar imperiyasining o'ninchi podshohi Qonuniy Sulton Sulaymonning noyob portreti auksionga qo’yiladi.

Usmoniylar imperiyasini eng uzoq vaqt davomida boshqargan Sulton Sulaymonning noyob portreti Londondagi auksionda sotiladigan bo’ldi. Sotbiz kimoshdi savdosi doirasida Islom dunyosining bir qator noyob san’at asarlari ham ko’rgazmaga qo'yildi.

Portret tahminlarga ko’ra, XVI asrda chizilgan.

Auksion uyi vakillarining so’zlariga ko’ra, portretda aks etgan sultonning yoshi taxminan 43 yoshlarda bo’lishi kerak. Sulaymonning o’zi 1494-1566 yillarda yashagan.

Aynan ushbu davrda u Iroqni bosib olgan. Noyob asar shu kungacha Fransiyalik zodagon oilaning kolleksiyasida saqlanar edi. Ushbu asarning boshlang’ich narxi 80 ming funt sterlingini tashkil etadi.


Tanlangan kalimalar: #Usmoniy davlati , #Sulton Sulaymon

Aloqador xabarlar