Tarixiy Sheki Xon saroyi YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan

Tarixiy Sheki Xon saroyi mahalliy me'morchilik xususiyatlarini o'zida mujassam etgan bo’lib, saroy me'morchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi.

1610089
Tarixiy Sheki Xon saroyi YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan

 

Tarixi va tabiiy go'zalligi bilan mashhur bo'lgan Sheki shahri chet ellik sayyohlar uchun eng mashhur maskanlardan biridir. Bu yil pandemiya tufayli aksariyati mahalliy sayyohlar ushbu shaharga tashrif buyurdilar.

Shaharning tarixiy majmualaridan biri Sheki Xon saroyidir

Tarixiy Sheki Xon saroyi mahalliy me'morchilik xususiyatlarini o'zida mujassam etgan bo’lib, saroy me'morchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu saroy hech qanday mix ishlatilmasdan noyob o'ymakorlik tizimi asosida qurilgan. Saroy va shaharning tarixiy qismi 2019 yilda Jahon merosi qo'mitasining 43-sessiyasida YUNESKOning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.

Xon saroyining me'morchiligi

Yuqorida aytib o'tganimizdek, saroy hech qanday mixsiz qurilgan. Uning oldida yonma-yon o'sayotgan 600 yillik ikki chinor mavjud.

Saroy ikki qavatli bo’lib, oltita xona va ikkita balkondan iborat. Saroyning 18-asrda qurilgan derazalari o’ziga xos naqshlar bilan bezatilgan.

Xon saroyining devorlari rang-barang so’zana va kashtalar bilan bezatilgan. Shuningdek, saroyda bezaklarida o'sha davrning muhim voqealarini aks ettiruvchi motivlar ham mavjud.

Saroy sayyohlarni o’ziga jalb qiladi

Ozarbayjon me'morchiligining eng yaxshi namunalaridan biri bo'lgan Sheki Xon saroyi tarixda xonning yozgi qarorgohi bo'lgan. Xon ushbu saroyda hurmatli mehmonlarini kutib olgan. Bugungi kunda esa ushbu saroy mashhur turistik maskandir.

Ayni paytda saroy mahalliy sayyohlarni o’ziga jalb qilmoqda. Chunki, ozarbayjonliklar "har bir inson o'z tarixini bilishi kerak" deb hisoblashadi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Sheki Xon saroyi

Aloqador xabarlar