Non o’zbek dasturxonining ko’rki, qut-baraka ramzidir

Oʻzbek pazandachiligida tayyorlash usuliga qarab obi non, gijda non, patir non, shirmoy non, lochira non kabi turlar mavjud.

1610084
Non o’zbek dasturxonining ko’rki, qut-baraka ramzidir

 

O’zbekistonning har bir hududida tayyorlanadigan nonlar bir-biridan farq qiladi.

Oʻzbek pazandachiligida tayyorlash usuliga qarab obi non, gijda non, patir non, shirmoy non, lochira non kabi turlar mavjud.

Shuningdek qaysi hududda tayyorlangani va masalliqlari jihatidan patirlar va boshqa nonlar ham bir nechta turga bo’linadi: Samarqand noni, Marg’ilon noni, Namangan noni, Toshkent noni, Samarqand patir, Andijon noni, Andijon patiri, Jizzax noni, Shahrisabz noni, go‘shtli non, Navoi sedana noni va boshqalar.

 

Dunyoga dong’i taralgan Samarqand noni

 

Samarqand nonlar - qadimiy va navqiron shaharning dovrug‘i dunyoga doston ramzlaridan biriga aylanib ulgurgan. U xushta'mligi, to‘yimliligi va o‘zgacha bir chiroyi bilan mashhur.

Samarqand deganda nafaqat ushbu betakror shaharning bir necha asrlik tarixiy obidalari balki uning nonlari ham ko’z oldimizga keladi. Samarqand nonining o‘ziga xos mazasi, tayyorlanishi, shakl shamoyili va sifati uzoq yillardan buyon ko’pchilikni lol qoldirgan.

Samarqand nonini tayyorlash uchun avvalo toza va ozoda xona kerak bo’ladi.

Ushbu xonaning harorati 25 daraja issiq bo‘lishi zarur. Nonga bir kun davomida ishlov beriladi. Bu esa kattagina kuch-quvvat talab etadi, chunki qattiqqina  qilib tayyorlangan  xamir bir soat mushtlanishi kerak bo’ladi. Hamirdan zuvala yasaladi va bir necha soat davomida tindiriladi.

Yarim tundan so’ng soat 3: 00 – 4:00 larda yasalgan nonlar erta tongda tandirga yopiladi. Odatda Samarqand nonlariga un, tuz va suvdan boshqa mahsulot qo‘shilmaydi. Bir necha soat davomida xamirga berilgan ishlov nonning mazasi va sifatining o’zgacha bo’lishida katta rol o’ynaydi.


Tanlangan kalimalar: #non , #O'zbekiston , #Samarqand noni

Aloqador xabarlar