8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!

Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan dunyodagi barcha mo’tabar onaxonlarimizni, opa-singillarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!

1596848
8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo'lsin!

 

Bugun 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami!

BMT tomonidan qabul qilingan ushbu kun ayollarning ijtimoiy va siyosiy ongini rivojlantirish, jamiyatda tutgan o’rnini faollashtirishga bag’ishlangan. Har yili 8-Mart kuni ayollarning haq-huquqlari, muammolari va g’am-tashvishlariga e’tibor qaratiladi.

Kunimizda dunyoning ko’plab mamlakatlarida ayollar teng huquqli fuqarolar sifatida o’z o’rnini isbotladi. Shu bilan birga, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va siyosiy sohada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Biroq, bunga qaramay ko’plab mamlakatlarda ayollar o’z haq-huquqidan to’la foydalanishda qiyinchililarga uchramoqdalar. Ta’lim olish huquqidan to’la foydalana olmayotirlar. Bundan tashqari, zo’ravonlik, jamiyatda va oilada ayrimchilik kabi holatlarga duch kelmoqdalar.

Oxirgi paytlarda Turkiyada qiz bolalarning savodxonlik va ayollarni ish bilan ta’minlash nisbati tobora ortib bormoqda. Shuningdek, ayollarga nisbatan zo’ravonlikni tubdan yo’q qilishga qaratilgan bir qator zarur chora-tadbirlar olinmoqda.

Oliy ma’lumotli, o’ziga ishonchi baland ayollar dunyoni har tomonlama ilg’or saviyaga olib chiqadi bunga ishonchimiz komil.

Biz ham Turkiya ovozi radiosi xodimlari sifatida 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan barcha mo’tabar onaxonlarimizni, opa-singillarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz!

Bayramingiz muborak bo’lsin!

 



Aloqador xabarlar