O‘zbekistonlik noshirlar Minskdagi 28-xalqaro kitob ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Joriy yil 18-21 fevral kunlari Belarusda "Kitob insonlar va mamlakatlarni birlashtiradi" shiori ostida 28-Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

1592786

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan ushbu nufuzli tadbirda O‘zbek noshirlarining ishtiroki ham ta’minlandi.

2021 yilda  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topganiga 30 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan, MDH mavzusi bu yilgi Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasining markaziy eksponanti, deb e’lon qilindi

Ko‘rgazmaning markaziy ekpozitsiyasi "Yagona umumiy uy" tarzida ramziy jihozlandi. Xususan, "Mehmonxona" eksponatida MDHga a’zo mamlakatlarining "Kitob san’ati" xalqaro tanlovi Gran-pri sohiblari tomonidan taqdim etilgan kitoblar joy oldi.

"Yozuvchi kabineti" xonasida esa MDH tarkibidagi barcha davlatlarning eng sara badiiy kitoblari joy oldi. Shuningdek, "Bolalar xonasi", "Oshxona" va shunga o‘xshash qator "timsolli" bo‘limlar o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchi davlatlarning nodir asarlarini taqdim etdi.

Xalqaro ko‘rgazma-yarmarka doirasida, shuningdek, ilk marta davlat nashriyotlari tomonidan LitUp adabiy startapda g‘olib bo‘lgan asarlarni chop etish maqsadida loyihalar tanlovi ham o‘tkazildi.

Aloqador xabarlar