Turkiya grandlari dasturiga 178 davlatdan talabalar murojaat qildi

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkilotining (YTB) xalqaro Turkiya grandlari dasturiga katta qiziqish ko'rsatilmoqda.

1592507
Turkiya grandlari dasturiga 178 davlatdan talabalar murojaat qildi

 

Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti (YTB) tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, xalqaro Turkiya grandlari dasturiga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 10-yanvarda boshlanib, 20-fevralda yakunlandi.

Joriy yilda dunyo bo’ylab 178 mamlakatdan 165 ming 511 nafar talabalar Turkiyada  doktorantura, magistratura va bakalavr darajalarida taxsil olish uchun murojaat qilgan.

Akademiklar va mutaxassislar o’tkazgan muloqot natijalariga ko’ra, muvaffaqiyatli nomzodlar Turkiyadagi universitetlarda grant asosida o'qish huquqiga ega bo'ladi.

Tashkilot rahbari Abdullah Eren twitter  orqali stipendiya dasturiga murojaat qilish muddati tugaganligini e’lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya grandlari dasturigaqiziqish tobora ortib bormoqda. Joriy yilda butun dunyodan kelgan murojaatlar rekord ko’rsatgichga erishdi. Har bir nomzod akademik va ijtimoiy muvaffaqiyati mezonlari doirasida qabul qilindi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar Turkiyaning eng nufuzli universitetlarida tahsil olish huquqini qo’lga kiritadi.

Ma’lumki, Turkiyada o'qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar, o’z mamlakatlari va Turkiya o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o'ynamoqda.

Shuningdek, ular mintaqaviy va global muammolarni hal qilishda ishtirok etadi.

Bitiruvchilar butun dunyo bo'ylab o’z bilim, malaka va tajribalarini almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.


Tanlangan kalimalar: #YTB , #Turkiya , #Turkiya grandlari dasturi

Aloqador xabarlar