Mozori-Sharifda “Hunarmand” uyushmasining savdo uyi ochildi

Ochilishda O‘zbekistonning Mozori-Sharifdagi konsulxonasi vakillari, Balx viloyati maʼmuriyati vakili Farxang, viloyat savdo-sanoat palatasi mutasaddilari Arash Yunusiy va Hoji Yasin Akbariy, tadbirkor ayollar palatasi raisi Shekiba Shekib ishtirok etdi.

1572354
Mozori-Sharifda “Hunarmand” uyushmasining savdo uyi ochildi

 

Afg'onistonning Mozori-Sharif shahridagi "Markete Mutahed" savdo markazida “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi "CraftandArt" kompaniyasining "O‘zbek-Afg‘on hunarmandlari savdo do‘koni" savdo uyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilishda O‘zbekistonning Mozori-Sharifdagi konsulxonasi vakillari, Balx viloyati maʼmuriyati vakili Farxang, viloyat savdo-sanoat palatasi mutasaddilari Arash Yunusiy va Hoji Yasin Akbariy, tadbirkor ayollar palatasi raisi Shekiba Shekib ishtirok etdi.

Marosimning rasmiy qismidan so‘ng, "Craft and Art" kompaniyasi direktori Zafarbek Akbarov O‘zbekiston hunarmandchilik, badiiy hunarmandchilik va amaliy sanʼat namunalari haqida batafsil maʼlumot berdi. O‘zbek milliy hunarmanchilik maktabi tarixi va bugungi rivojlanish istiqbollari haqidagi fikrlar afg‘onlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yoz faslida Afina shahrida ham O‘zbek hunarmandlari savdo uyi ochilgandi. Bundan tashqari, o‘tgan yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda "Turon Trade House" savdo uyi o‘z ishini boshladi.


Tanlangan kalimalar: #CraftandArt , #Afg'oniston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar