Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan bino tegishli hududi bilan birgalikda “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi ushbu binoga joylashtiriladi.
Shuningdek, belgilangan xususlar quyidagilar:
- muzey binosini ta'mirlash va hududini obodonlashtirish, muzey ekspozitsiyasini yaratish va jihozlash bilan bog‘liq xarajatlar – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.
- muzeylarga shtat birliklarini ajratish hamda xodimlariga ish haqi to‘lash –Madaniyat vazirligi tizimidagi muzeylar uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
- muzeyni saqlash xarajatlari – Samarqand viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari, muzeyning o‘z daromadlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning to‘rt burchagida bolalar bayrami nishonlanmoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.
Turkiya bugun Bolalar bayramini nishonlamoqda
Turkiya bugun, Milliy mustaqillik va bolalar bayramini nishonlamoqda.