Turkiyada "Zamonaviy O‘zbek hikoyalari" to‘plami Turk tilida nashr etildi

Anqara shahridagi "Hece Yayınlari” nashriyotida chop etilgan to‘plam shoir va tarjimon Hamza O‘zturkchi tomonidan tayyorlangan. To‘plamdan o‘ttiz nafar o‘zbek adiblarining hikoyalari hamda ikkita adabiy suhbat o‘rin olgan.

1563025
Turkiyada "Zamonaviy O‘zbek hikoyalari" to‘plami Turk tilida nashr etildi

 

Turkiyada  "Zamonaviy O‘zbek hikoyalari" nomli to‘plam Turk tilida nashr etildi.

Anqara shahridagi "Hece Yayınlari” nashriyotida chop etilgan to‘plam shoir va tarjimon Hamza O‘zturkchi tomonidan tayyorlangan. To‘plamdan o‘ttiz nafar o‘zbek adiblarining hikoyalari hamda ikkita adabiy suhbat o‘rin olgan.

Erkin Aʼzam, O‘tkir Hoshimov, Nurali Qobul, Nazar Eshonqul, Luqmon Bo‘rixon, Ulug‘bek Hamdam kabi ustoz ijodkorlardan tortib, Jasur Kengboyev, Nodirbegim Ibrohimova, Javlon Jovliyev kabi yosh ijodkorlarning ham ijodiy ishlari o‘rin olgan to‘plam Turk o‘quvchilari tomonidan qizg‘in kutib olinmoqda.

– Bu to‘plam har o‘n yilda bir marta yig‘ilib, nashrga tayyorlanadi, – deydi suhbatda tarjimon Hamza O‘zturkchi. —Kamina O‘zbek adiblarining asarlarini to‘pladim va tarjima qildim. Jarayon juda qizg‘in kechdi. Chunki O‘zbek yozuvchilarining asarlari, hikoyalari o‘z tili, milliy ruhdaligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. Bunday asarlar adabiy rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladi, albatta.

 



Aloqador xabarlar