Mavlono Jaloliddin Rumiy vafotiga 747 yil to'ldi!

Shu munosabat bilan Turkiyaning Koniya shahrida Shab'i-Aruz marosimlari o’tkazildi. Tadbirda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Koniya Turk Tasavvuf musiqiy an’sambli ishtirok etdi.

1547736
Mavlono Jaloliddin Rumiy vafotiga 747 yil to'ldi!

 

Mavlono Jaloliddin Rumiy vafotiga 747 yil to'ldi. Shu munosabati bilan butun dunyoda Mavlono Jaloliddin Rumiyni xotirlash marosimlari o’tkazilmoqda.  

Mavlononing o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv (vuslat) kunidur. Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi.

Mavlono Jaloliddin Rumiy 13-asrning buyuk faylasufi, olim, dinshunos va shoirlaridan biri edi.

Jahon bo'ylab tanilgan bu zot 1207 yili Balx shahrida tug'ilib, 1273 yilda Konya shahrida vafot etgan. 17 dekabr kuni uning o'lim  kuni  bo'lib  hisoblanadi. Rumiyning o'zi vasiyat qilganindek, uning o'limi ayriliq emas, aksincha  Alloh bilan uchrashuv (vuslat) kunidur. Ushbu kun "Shab'i-Aruz" deb nomlanadi. Ushbu kun dunyoning har tarafidan turli dinga mansub bo'lgan Mavlono shaydolari Konya shahriga kelib "Shab'i-Aruz" marosimiga qatnashadilar.

Bu yil ham Turkiyaning Koniya shahrida Shab'i-Aruz marosimlari o’tkazildi. Tadbirda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Koniya Turk Tasavvuf musiqiy an’sambli ishtirok etdi.


Tanlangan kalimalar: #Koniya , #Mavlono Jaloliddin Rumiy

Aloqador xabarlar