Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialini suratga olish ishlari boshlandi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko'ra “O'zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada tasvirga tushirilayotgan “Jaloliddin Manguberdi” serialida bosh qahramonni turk aktyori Emre Kiviljim ijro etmoqda.

1474378
Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialini suratga olish ishlari boshlandi

 

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko'ra “O'zbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada “Jaloliddin Manguberdi” serialining suratga olish ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda “O'zbekkino” milliy agentligi Axborot xizmati.

Turkiyaning “Bo'zdag' film” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan ko'p qismli fil’m rejissyori Mehmet Bo'zdag', senariy muallifi Nazar Eshonqul. Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilyon qurilgan.

Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator O'zbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo'ja Rasulov, Adiz Rajabov, Alisher Uzoqov, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.



Aloqador xabarlar