Qirolicha Yelizaveta II 72 kunlik karantindan chiqdi

Otlarga bo'lgan qiziqishi bilan tanilgan 94 yoshli qirolicha "Balmoral Fern" ismli tulporiga minib atrofda aylanar ekan, tasvirga tushirildi.

1427196
Qirolicha Yelizaveta II 72 kunlik karantindan chiqdi

 

Koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida o'zini Vindzor qal'asida karantinga olgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 72 kun o'tgach, omma oldida ko'rinish berdi.

94 yoshli Qirolicha Yelizaveta II 12-martda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi sabab Bukingem saroyini tark etgandi va Vindzor saroyiga ko‘chib o‘tgandi. Shuningdek, Yelizaveta II hamda uning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp Norfolkdagi Sandringem saroyida karantinga olingandi.

Otlarga bo'lgan qiziqishi bilan tanilgan 94 yoshli qirolicha "Balmoral Fern" ismli tulporiga minib atrofda aylanar ekan, tasvirga tushirildi.

Karantinni turmush o'rtog'i bilan birga o'tkazgan qirolicha, 19 martda Buckingham saroyidan Berkshiredagi uyiga olib ketilayotganda tasvirga olingandi.

 

 



Aloqador xabarlar