Turkiyada “Xorazm kunlari” bo'lib o'tdi

"Xorazm kunlari" doirasida Xorazm viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan dramaturg Erkin Samandar qalamiga mansub ”Sulton Jaloliddin” nomli spektaklning namoyishi bo’lib o’tdi.

1193874
Turkiyada “Xorazm kunlari” bo'lib o'tdi

 

"Xorazm kunlari" loyihasi doirasida Turkiyaning Adana va Antaliya shaharlarida turli tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ishtirok etdi.

Tashrif doirasida ushbu shaharlar maʼmuriyati rahbarlari va ishbilarmon doira vakillari, Xorazm viloyati bilan hamkorlik qilish istagidagi yetakchi kompaniyalar va sayyohlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Mintaqaning investitsion, eksport va turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar namoyishi turk ishbilarmon doira vakillari uchun Xorazm viloyati haqida toʻlaroq maʼlumot olish imkonini beradi va kelgusida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Xorazm kunlari" doirasida Xorazm viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan dramaturg Erkin Samandar qalamiga mansub ”Sulton Jaloliddin” nomli spektaklning namoyishi ham bo’lib o’tdi.

Erkin Samandarov tomonidan sahnalashtirilgan ushbu tarixiy dramada buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining ona yurt himoyasi uchun janglarda ko'rsatgan beqiyos jasorati aks ettirilgan.

O'zbek xalqining mard o'g'loni Jaloliddin Manguberdi obrazi orqali mardlik, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat fazilatlari tomoshabinga o'ta ravon shaklda yetkazib berildi.

Asar ayniqsa, teatr zalini to'ldirib o'tirgan Adanadagi san’at shaydolarida katta taassurot qoldirdi.

 



Aloqador xabarlar