Turkiyaning madaniy xazinalari 43-qism

Turkiyaning Kayseri viloyati yaqinlaridagi Kultepa antik shahri va Kanish harobalari haqida ma’lumot...

596925
Turkiyaning madaniy xazinalari 43-qism

 

Turkiyaning Kayseri viloyati yaqinlaridagi Kultepa antik shahri va Kanish harobalari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.

Kultepa antik shahri va Kanish harobalari UNESCO dunyo madaniy meros ro’yxatiga kiritilgan. Insoniyatning o’tmishida tarixiy yozuv davri boshlanadi, bir joyda tarixdagi davrlar haqida bahs yuritish uchun yozuvga ehtiyoj tug’iladi. Yozuv paydo bo’lmagan davrlar tarixdan oldingi davr deb ataladi.  

Anadolu tarixi Kayseridan boshlangan. Miloddan oldingi 1950-1650 yillar oralig’ida bu mintaqada hukm surgan mahalliy qirolliklar bilan tijorat qilish uchun kelgan Asur qabilasi Anadoluga o’zi bilan birga yozuvni ham olib kelgan.

Juda qadimgi davrlarda Mezopotomiyada sumerlar tomonidan ijod qilingan mix yozuvi o’sha davrda qog’oz o’rnida ishlatilgan tuproqlardan yasalgan sopollarga yozilgan.

Bu yozuvlar qamishdan yasalgan qalamlar bilan qurimagan loyning ustiga yozilib, keyin olovda quritilar edi.  Loyga yozilgan maktublar loydan yasalib olovda quritilgan konvertlarda manzilga jo’natilar edi. Maktublarning ustiga egasining muhri bosilar edi. Manzilga yetib borgach, maktub sindirib tashlanardi.

Asurliklar tijorat uchun mahalliy xonliklarning qal’alari yaqinida mustamlaka qurib, o’z qirollariga sodiq ekanini va soliqlarni to’lagach, bemalol erkin tijorat qila olar edi. O’sha davrlarda tijoratning ikki xili bor edi. Asurdan o’sha davrlarda oliy texnologiya mahsuloti deb hisoblangan ashyolar olib kelinardi. Buning evaziga Anadoludan katta miqdorda xomashyo Asurga jo’natilar edi.

O’sha davrlarda Kanishdagi eng badavlat savdogar 40 metrlik uyda xizmatkori bilan birga yashar edi. O’sha davrga oid bir yozuvda Asurlik ota o’z og’liga tijoratning sirlarini o’rgatar ekan, bir mahsulotning sotish narxini 3 ga bo’lishini, bir qismini sof foyda sifatida ajratishini, bir qismini esa o’sha mahsulotning bahosi ekanini, bir qismi yo’l mobaynida mahalliy qirolliklarga to’lanadigan soliq puli va boshqa harajat pullari ekani yozilgan.

Bundan tashqari, tijoratda qanday ish yuritish kerakligi xususida ham bir qator tavsiya va maslahatlar yozilgan.  Masalan, bir qal’aga karvon bilan kunduz emas, balki yarim tunda kirilsa, qirolga beriladigan soliqdan anchagina oshirib qolish mumkin. Chunki, tungi soqchilar qirol oladigan soliq bahosidan ham arzon bahoga ishkariga kiritadi.

Kunimizdan 400 yil oldin Anadoluda tarixning boshlanishi va o’sha davrdagi kundalik hayot haqidagi  ajoyib ma’lumotlar ushbu sopolga yozilgan yozuvlar asosida o’rganib chiqilgan.

Kultepa antik shahrida hayot miloddan oldingi 3000 yillarga borib taqaladi. Hitit, Friglar, Helenistik va Rim davrlarida ham u yerlarda insonlar yashagani bilinadi.

Kultepada yuzaga kelgan tijoriy faoliyatlar, savdo-sotiq va tijoriy zako hozirgi kunimizda ham Kayserida davom etmoqda. Kayseri xalqi mamlakatning asosan tijorat bilan shug’ullangan xalqi hisoblanadi.

Kultepa va Kanish harobalarida 1948 yildan e’tiboran, qazilma faoliyatlari davom etgan. Qazilmalarda yuzaga chiqarilgan ko’plab tarixiy asarlar hozirgi kunimizda muzeylarda saqlanmoqda.

Kultepaga tegishli tarixiy asarlarning bir qismi Kayserida, bir qismi esa, Ankarada joylashgan Anadolu madaniyatlar muzeyida namıoyish qilinmoqda.

 Agar  Kayseri shahriga yo’lingiz  tushsa,  albatta Kultepa antik shahridagi qazilma faoliyatlarini tomosha qilishingiz mumkin.



Aloqador xabarlar