Turkiyaning madaniy xazinalari 41-qism

Turkiyada joylashgan tarixiy maqbaralar haqida ma’lumot ...

585649
Turkiyaning madaniy xazinalari 41-qism

 

Bugungi dasturimizda Turkiyada joylashgan tarixiy maqbaralar haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.  Shonli tarixga ega Turkiyaning deyarli har bir viloyatida qadimgi maqbaralarni uchratish mumkin. Bulardan eng ahamiyatlisi Bursa shahrida joylashgan Chalabiy Mehmet maqbarasidir. Bu maqbara sohibqiron Amur Temurning Anadoluga bostirib kelishi oqibatida yuzaga kelgan qiyin vaziyatdan Usmoniy Imperatorligini qutqargan Sulton Chalabiy Mehmetga tegishli.

Turklar Anadoluga ko’chib kelishdan oldin, O’rta Osiyoda ziyolilar va badavlat insonlar uchun butunlay tuproq ostida bo’lgan mozorxonalar qurilgan. Dastlab daraxtdan yasalgan mozorlar keyinchalik toshdan yasala boshladi. Bunday mozorlarning namunalarini Anadoluning Ahlat viloyatida uchratish mumkin. Bu mozorlar vaqt o’tishi bilan yer ustiga qurila boshladi. O’sha davrlarda bu mozorlarga ko’milgan oliy toifali insonlar yoki badavlat savdogarlar ko’pincha dafn qilinishdan oldin mumyolangan. Maqbara an’anasi islom madaniyatiga dastlab Abbosiy halifasi Memun tomonidan olib kelingan. U  Vizantiyalik onasi uchun maqbara qurdirgan. Onasini yeru-ko’kka ishonmagan  Halifa sharqiy rimliklarning o’likni dafn qilish an’anasini islom dunyosiga andoza qilib keltirdi. Hristian dunyosida kuzatilgan maqbara an’anasi me’moriy jihatdan ba’zi o’zgarishlarga uchradi.

Islom diniga ko’ra, o’liklar mutlaqo yerning tagiga ko’miladi. Maqbaralarda yer tagiga qurilgan mozorxonaga vafot etgan insonning o’zi, rafiqasi va farzandlari dafn qilinadi. Maqbaraning yuqori qavatida esa, ziyoratchilar kelib duo qiladigan va namoz o’qiydigan bo’lim mavjud. Bu bo’limda albatta qibla tomonga qaratib qurilgan mehrob joylashadi. Maqbaralar me’moriy jihatdan bir necha guruhga bo’linadi. Ko’p burchakli, to’rtburchak, doirasimon shaklida qurilganlarini ham uchratish mumkin.  Lahat ustida ichkaridan qubba ko’rinishiga ega, tashqi tomondan esa, konus shaklida ko’zga tashlanadi. Uning ustiga baxmal yopiladi. Usmoniy davrida aksariyati ichki va tashqi tomoni qubba shaklida maqbaralar qurilgan.

Bursaning ramziga aylangan Yashil maqbara shaharning sharqiy tomonida Yashil dahasida qad rostlagan. Maqbara yonida Yashil jome’ joylashgan. Bursaga kelgan sayyohlarning ziyoratgohiga aylangan Yashil maqbara Chalabiy Mehmetga atab qurdirilgan. Bu maqbara 1421 yili Chalabiy Mehmetning vafotidan 40 kun oldin qurib bitkazilgan.

Turk maqbara an’anasining tengi yo’q namunalaridan biri bo’lgan maqbara rangli chinnilari bilan mashhur. Yashil maqbara 8 burchakli qilib qurilgan. Tashqi devorlarida va ichki qismlarida yashil rangda chinnilar bilan qoplangan.

Devorlari ham butunlay chinni bilan qoplangan. Avliyo Chalabiy qubbasida ham yashil rangdagi motivlar ko’zga tashlanadi. Usmoniy davlatining asoschilaridan biri bo’lgan Chalabiy Mehmetning maqbarasi o’zidan keyin qurilgan maqbaralarga ham ta’sir ko’rsatgan.

Tengi yo’q go’zallikka ega bo’lgan bu maqbaradan baland zinapoyalar bilan masjid qismiga chiqib boriladi. U yerga turk taxta o’ymakorligining eng nozik namunalarini o’zida mujassam qilgan taxta eshikdan kiriladi.

Masjid bo’limining o’rtasida joylashgan sandiqlar chinni bilan qoplangan. Masjid devorlarida arabcha oyatlar yozilgani diqqatingizni tortadi.

Maqbaraning me’moriy tuzilishi Usmoniy Imperatorligi hokim bo’lgan bepoyon geografiyada tengi yo’q namunalarni meros qilib qoldirgani shubhasiz.

Usmoniy davrining eng ulug’ daholaridan biri Memor Sinan Qonuniy Sulton Sulaymonga atab qurgan jome’ning yonida podishox va oilasiga atab maqbara ham qurgan. Uzoq yillar imperatorlikni boshqargan podshoning vafotidan keyin undan abadiy ajralmaslik uchun Suleymaniya jome’yining hovlisiga o’zi uchun ham kichkina maqbara qurgan va u yerga dafn qilinishni vasiyat qildi. Uning e’tiqodiga ko’ra, jahon sultonining oyoq ostida xizmatkor sifatida yotish uning uchun katta sharaf edi.

Marhumlarni barhayot qilgan bu maqbaralar Anadoluning madaniy merosi va o’chmas xazinalaridan biri bo’lib qolaveradi.

Agar jannatmakon Turkiyaga yo’lingiz tushsa, aziz ziyoratgohlar bo’lmish maqbaralarni ko’rib, tarixi haqida yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #maqbara , #tarix , #Usmoniy , #Sulton Sulaymon , #Anadolu

Aloqador xabarlar