Antaliyadagi “EXPO-2016”da Chili ansamblining namoyishi tomoshabinlarga manzur bo’ldi

Chili milliy raqslaridan bir qancha o’rnaklarni sahnada namoyish qilgan ansambl rang-barang milliy liboslari bilan ham diqqatlarni o’ziga jalb qildi.

543477
Antaliyadagi “EXPO-2016”da Chili ansamblining namoyishi tomoshabinlarga manzur bo’ldi

Antaliyadagi “EXPO-2016” faoliyati doirasida sahnaga chiqqan Chili “Bafochi” Xalq balet ansambli tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo’ldi.

Amfi teatrda katta orkestr jo’rligida sahnaga chiqqan “Bafochi” ansambli Chilining milliy madaniyatidan namunalarni ijro etdi.

Chili milliy raqslaridan bir qancha o’rnaklarni sahnada namoyish qilgan ansambl rang-barang milliy liboslari bilan ham diqqatlarni o’ziga jalb qildi.

Shuningdek, turk san’atkor Neshet Ertashning “Yonmoqdaman” nomli qo’shig’ini ijro etgan orkestr barchaga manzur bo’ldi.

“Bafochi” Xalq balet ansambli bugungacha 40 davlatda jami 950 shaharda 5500dan ortiq gastrollarga qatnashdi va 105 marta xalqaro mukofot sovrindori bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Antaliya , #EXPO 2016 , #Chili , #ansambl , #balet

Aloqador xabarlar