“Taste of London” festivalida turk oshpazlarning mahorati...

Inglizlarning mashhur oshpazi Ed Baines Usmoniy saroyining lazzatli taomlaridan biri bo’lgan “Hunkor yoqtirdi” taomini bugun “Taste of London” festivalida barchaning ko’zi o’ngida pishiradi.

513061
“Taste of London” festivalida turk oshpazlarning mahorati...
Taste of London etkinligi-31.jpg
Taste of London etkinligi-30.jpg
Taste of London etkinligi-29.jpg
Taste of London etkinligi-28.jpg
Taste of London etkinligi-27.jpg

Inglizlarning mashhur oshpazi Ed Baines Usmoniy saroyining lazzatli taomlaridan biri bo’lgan “Hunkor yoqtirdi” taomini bugun “Taste of London” festivalida barchaning ko’zi o’ngida pishiradi.

“Taste of London” festivalida ko’rsatiladigan bu namoyish taxminan 4.5 million muxlisi bo’lgan TurkeyHome (hhtp:www.facebook.com/TurkeyHomeOf) facebook hisobidan jonli namoyish qilinadi.

“Taste of London” festivaliga Turkiyadan ham ikki taniqli oshpaz qatnashmoqda.

Turk oshxonasining taniqli ustalari Ali Jengiz va Tajim Yetish festival mobaynida turli taom va shirinliklarni tayyorlab, o’z hunarlarini namoyish qiladi.

Turk oshpazlarning tayyorlagan taomlari va shirinliklari mehmonlarga tortiq qilinadi.

Qolaversa, instagram tanlovi doirasida festival manzaralarini tasvirga tushirib, #Tasteof London deya instagramda e’lon qilgan bir kishiga @Turkey­_Home tomonidan 4 kishilik oilaga Antaliyada bir haftalik dam olish yo’llanmasini yutib chiqish imkoni beriladi.

19 iyun kuni o’z nihoyasiga yetadigan festivalda mehmonlar dunyoda mashhur bo’lgan lazzatli taomlarni, shirinliklarni, qolaversa mashhur restoranlarni, turli ichimliklarni ta’tib ko’rish baxtiga muyassar bo’ladi.

 

 



Aloqador xabarlar